Issiqlikdan farqli ravishda
yorug'lik daraxt o'simligining tashqi
qiyofasiga
ko'proq shakllantiruvchi ta’sir ko'rsatadi.
Masalan,
yorug'likda o'sgan daraxtlar konussimon poyaga ega, yerga yaqin
joydan yo‘g ‘on shoxlarga ega bo'lib, tepa qismi keng bo'ladi.
O ’rmonda o ‘sgan daraxtlarning poyasi shoxlardan tozalangan tekis,
deyarli silinrdsimon shaklda bo'ladi, uning tepa qismi uncha katta
bo'lmaydi. Turli xildagi daraxtlar va butalardan guruhlar tuzib,
ularning yorug'likka bo'lgan munosabatini qat’iy hisobga olishi
kerak. G uruh bu hisobsiz, odatda, jonli bo'lmaydi. Daraxt
navlarining
yashashi va me’yorida
rivojlanishi uchun yoritishning
jadalligi (yorug'lik kuchi) va
davomiyligi
(kunning uzunligi)
ahamiyatga ega.
Daraxt
navlarning
yorug'likka
bo'lgan
talabining
ayrim
ko'rsatkichlariga bargining shakli xizmat qilishi mumkin. Barglari
murakkab va keng bo'lmagan navlari odatda, yorug'likni yaxshi
ko'radi, yirik oddiy yaxlit bargli navlar esa odatda, soyaga chidamli
bo'ladi. Kesilgan barg shaklidagi va «rangli» lar yorug'likka ancha
talabchan bo'ladilar.
Daraxt navlarining issiq joylardan ancha sovuqroq joylarga
siljishida yorug'likka bo'lgan ehtiyoj oitadi va aksincha. Bundan
tashqari, yorug'likka talab oziqlanish sharoitlariga bog'liq: kuchsiz
tuproqda yorug'likka bo'lgan talab ortadi.
Daraxt navlarining jadal yorug'likka bo'lgan talabi ulam ing
muhim xususiyati hisoblanadi va mazkur joy uchun navlami
tanlashda va navlarning o'simliklarga qo'shilishida doim hisobga
olinishi kerak. Aks holda yorug'lik yetishmasligi o'simliklarning
rivojlanishiga
va
ularning
dekorativ
sifatlariga
salbiy
ta’sir
ko'rsatadi. Yorug'liksevar turlarga yaxshi yoritilgan joylar ajratishi,
ularning massivlarda boshqa navlarga qaraganda siyrakroq qilib
o'tkazish kerak; chunki poyaning soyada qolgan novdalari tezroq
o'ladi. Soyaga chidamli daraxtlar va butalar massivlar ichiga yoki
shimoliy tomonga mo'ljallangan chetiga o'tkaziladi.
Dostları ilə paylaş: