saqlash joylari muammosi to'lig'icha yechilmagan. Buni Toshkent shahri misolida ham ko'zatish mumkin. So'nggi 10—15 yil ichida transport vositalari (ayniqsa, shaxsiy avtomobillar soni)ning keskin darajada oshib ketishi, shahaming barcha tarkibiy qismlarida, bozorlar, savdo markazlari va rastalari, madaniy-maishiy obyektlari va boshqa ko'pgina joylarda tirbandlikni vujudga keltiri bgina qolmay, alohidagi maxsus maydonlarning yetishmasligi tufayli ko'cha qatnov qismining chetki polosalari to'xtab turish joylariga aylanib qolmoqda. Natijada, bu narsa ushbu ko'chaning o'tkazish qobiliyatiga salbiy ta’sir ko'rsatib, yo'l-transport hodisalarini ortishiga olib kelmoqda. Transport vositalarini to'xtab turish va saqlash, ularga texnik xizmat ko'rsatish joylarini avtomobil taraqqiyotining yaqin kelajakdagi o'sish suratini ko'zda tutgan holda, shahar hududi maydonlarini tejash, texnik-iqtisodiy, nie'moriy-kompozitsion va sanitar-gigienik samaradorligini yuqorilashtirishga intilgan holda loyihalanadi. Mikrorayonlarda avtomobillarni saqlash uchun to'xtab turish joylari va garajlar bolalar o'yingohlaridan, maktab, bolalar bog'chalaridan uzoqroq joylashtiriladi. Shahzarsozlik m e’yoriy hujjatlarida shahaming har mingta aholisiga hisobiy davrda 180 ta avtomobil, istiqbolda esa 250 ta avtomobil hisob-kitob qilinadi. Turarjoylarda avtomobillarni saqlash me'yorlari bo'yicha 75 % avtomobil yopiq turdagi