Trotuarlarda — 60%, maydonlarda — 30 %, avtomobillar saqlash joyida — 20%. Alohidagi qiyin sharoitli holatlarda bo'ylama qiyalik 100 %gacha oshirilishi mumkin. Turarjoy ko'chalari va ichki yo'laklami loyihalashda asosiy injenerlik tarmoqlari trassasini, maydon relfi va tashqi suvlarni qochirshga alohida e ’tibor berish lozim. Turarjoy ko'chalari va vo'laklarni loyihalash turlari, turarjovlarni majmualarini joylash tirish usullariga, ichki yo'laklarni magistral ko'chalarga bog'lanish xarakteriga bog'liq. Ichki yo'llami juda uzun (100—150 m dan ortiq) qilib rejalash tirish maqsadga muvofiq emas, bu narsa ichki yo'llarda mashinalarning ikkala tomonga harakatini ko'paytirib yuboradi. Ichki yo'llaming bir tomonlama boshi berk sxemasiga nisbatan ikki tomonlama tutashuvi maqsadga muvofiq bo'lib, bunda yo'lning uzunligi qisqarishi bilan, ko'proq joyga xizmat qilish imkoniyati paydo bo'ladi. Xuddi shunday chiziqli ikki tomonlama tutashgan ichki yo'llar. bir tomonlama boshi berk qatnov qismiga nisbatan mikrorayon ichida transport harakatini taxminan ikki barobar qisqartirib, ularga turarjoyga erkin ravishda kirib chiqishini ta’minlavdi. 121
3.27-rasm. Mikrorayon hududini zonalashtirish: г — jam oat transportigacha bo'lgan m e’yoriy masofa radiusi; 1—turarjoy zonasi; 2—kommunal-maishiy maydon; 3—shaxsiy avtomobillar turadigan garaj; 4 —daraxtzorlar va bolalar muassasalari; 5—jamoat transportlari bekati.