Obrazi talqiniga doir


MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix14.04.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#97749
1   2   3   4   5
MMMS1614

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
 
International scientific-online conference 
81 
shunday ifodalagan: “Bu hol yana qancha davom etarkin-degan savoldan etlari 
junjikib ketardi. Ammo o’g’lining baxtiyor chehrasiga ko’zi tushgan lahzadan 
boshlab hammasini butgul unutar, ertaga nima bo’lsa bo’lar, mana hozir 
bolamdan baxtli odam yo’q, menga bundan ortiq nima kerak deb o’ziga taskin 
berardi”. Ha, u farzandining dardini olish uchun hammasiga tayyor va ayni 
damda chorasiz qolgan mushfiq va munis onadir. U farzandiga yomon ko’z bilan 
qaragan hammadan nafratlanadi. Hatto bolasini sog’ligini yomonlashishiga 
sabab bo’ladigan qishni yomon ko’radi. Butun borlig’i, yashashi uchun birgina 
sababi shu bolasi uchun yonib-kuyadigan haqiqiy o’zbek onasi timsoli. Uning 
obrazi badiiy tasvir vositalari bilan boyitilib, go’zal bir manzara holiga 
keltirilgan. Har bir xatti-harakati va nutqidan anglashiladiki, yozuvchi chin 
ma’noda o’ziga yuklatilgan vazifani a’lo darajada uddalagan. U haqiqiy fidoiy ona 
obrazini yaratgan.
Adibaning “Yolg’izlik qurboni” hikoyasida esa tamomila boshqa olam, boshqa 
hayot qalamga olingan. Undagi bosh qahramon umuman o’zga dunyo vakilidir. 
Hikoyada yolg’izlikdagi ayol obraziga murojaat qilingan. Hikoya sarlavhasidan 
ayonki, yolg’izlik o’z domiga olgan ayolning sassiz-sadosiz, hech bir nishonsiz 
dunyodan o’tishi fojeali tasvirlangan. Ayolning yoshi ancha katta bo’lsada 
farzandsizligi, farzand saqlab olishga layoqatsizligi, unga farzand tarbiyasi eplab 
bo’lmas ishday tuyilishi ochiq-oydin yoritib berilgan. Unda mas’uliyatdan 
qochgan, faqat o’zini deb yashagan, yoshlik, navqironligida qarilik va 
yolg’izlikning naqadar qo’rqinchli va ayanchli yakun ekanligini anglamasdan 
yashab o’tgan ayol chizgilari gavdalanadi. Eridan ayrilganidan keyin yolg’iz o’zi 
qoladi. Uni yeb qo’ygudek yolg’izlik va kimsasizlikdan qutulish uchun 
yaqinlaridan ilinj istab mehmonga borishi, hech bir joydan o’ziga qo’nim 
topmasligi, ko’ngli to’lmasligi va yana o’sha hech bir ishga yaramaydigan 
buyumlar orasiga qaytishidagi ayanchli holat realni tasvirlangan.Yolg’izlik uning 
shu darajada sillasini quritadiki, hattoki kalamushlar uni yo’qlab kelganiga o’zini 
ishontiradi, sevinadi, bu holat bir o’ylashda juda g’ayrioddiy tuyuladi. Befoyda va 
mazmunsiz bu hayotdan yolg’izlikda o’lim topadi. U butun umri davomida aziz 
deb bilgan, farzanddan ham qadrli deb o’ylovchi buyumlardan ham o’sha kecha 
uyiga o’g’ri tushib ayriladi. Asar yakunida ayol yolg’izlikning qurboniga 
aylanadi.
Umuman aytganda, Zulfiya Qurolboy qizining yuqoridagi tahlilga tortilgan 
hikoyalarida uch xil ayol obrazi tasvirlangan. Yozuvchi inson ruhiyati, uning 
taqdiridagi tub burilishlarni, ruhiy iztiroblarni juda aniq va ishonarli tarzda 
ifodalagan. Undagi o’tkir til va badiiylik uyg’unlashib go’zal san’at asarlarini 



Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin