Obrazi talqiniga doir


MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix14.04.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#97749
1   2   3   4   5
MMMS1614

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
 
International scientific-online conference 
79 
“Аdabiy asar chinakam asar namunasi boʼlishi uchun, realizmga mansub 
boʼladimi, romantizm uslubida yozilgan boʼladimi, yoki qandaydir boshqa 
modernistik uslubga amal qiladimi, baribir uning markazida inson turmogʼi 
kerak, kitobxon insonning taqdiri, tabiati, hayoti haqida muayyan axborot olish 
bilan birga bu asardan estetik zavq ham ola bilsin”[1:245]. Shu bois ham
zamonaviy adabiyotda insonni har tomonlama o’rganish va kashf etish doimiy 
dolzarbligini yo’qotmaydi. Adabiyot faqat uslubiy, shakliy va talqinlarni emas, 
balki, badiiy asarlarda yaratilayotgan qahramon obrazlarining xilma-xilligi bilan 
ham boy va go’zaldir. Hayot uchun kurashuvchan, ezgulikka intiladigan, sabr-
qanoat va aql-idrokka ega obrazlarni tasvirlash badiiy adabiyotning tarbiyaviy-
estetik vazifasi hisoblanadi. 
Bugungi kunda, ana shunday turfa xil obrazlarni yaratib, adabiyot maydonida o’z 
o’rniga ega ayol yozuvchilardan biri Zulfiya Qurolboy qizidir. U yaratgan 
hikoyalarda asosan, ayol obrazi alohida o’ringa ega. Jumladan, muallif qalamiga 
mansub “Ayol”, “Yozsiz yil”, “Yolg’izlik qurboni” hikoyalaridagi Nazokat, Buvgul 
xola, Tamara kabi turfa xil obrazlarni mahorat bilan yaratganki, bu orqali 
kitobxon yozuvchining yuksak did va iste’dod sohibasi ekanligiga yana bir bor 
iqror bo’ladi. Bu obrazlari orqali ularning ruhiy kechinmalari, turli taqdir 
egalarining iztiroblarini, o’y-xayollarini jozibali hamda reallik bilan badiiy talqin 
qilishi alohida ahamiyatga molik. Uning hikoyalaridagi ayollarning har birida 
o’ziga xoslik, mehr-muhabbat, vafo va sadoqat tuyg’ulari bilan bir qatorda, 
qat’iyat, iroda kabi xususiyatlar ham omuxtalashib ketadi. Bunga “Ayol” 
hikoyasidagi Nazokat obrazi yaqqol misoldir. Uning o’zbek ayollariga xos sabr-
toqat, muhabbat tuyg’ulari bilan bir qatorda sharqona nazokat va metin iroda 
obraz xarakterini belgilashda yanada aniqroq ifoda qiladi. Nazokat og’ir dard 
bilan kurashar ekan, sira ham ayollik nazokatidan vos kechmaydi. Latofat va 
go’zalligini tark etmaydi, shu ko’rk bilan jon taslim qilishini va qanchalik dard 
ustun kelmasin, unga o’z hukmini o’tkazishga urinmasin, bu qiyinchiliklarga 
yengilmasligini, mardonavar kurashishni afzal biladi, bir lahza ham umidsizlikka 
tushmaydi. Ayol o’z o’limidan keyin oilasining, farzandlari va turmush o’rtog’i
xotirasida mehribon ona, go’zal rafiqa tarzida qolishni xayol qiladi. Ismi jismiga 
monand yashashga intiladigan, buning uchun hamma narsaga tayyor turgan 
matonatli ayol. U umrining sanoqli kunlari qolganini sezadi, sanoqli damlarini 
ayollik nazokatini saqlagan holda o’lim topish uchun sarflaydi. Eri va 
bolalarining xotirasiga yuzlari so’lg’in, ko’zlari unidsiz va nursiz, tanasida shish 
va dardga yengilgan ayol sifatida muhrlanishni aslo istamaydi. Buni quyidagi 
parchada kuzatish mumkin: “Palataga hamshira kirdi. Erim kelsa ichkariga 



Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin