MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference
79
“Аdabiy asar chinakam asar namunasi boʼlishi uchun, realizmga mansub
boʼladimi, romantizm uslubida yozilgan boʼladimi, yoki qandaydir boshqa
modernistik uslubga amal qiladimi, baribir uning markazida inson turmogʼi
kerak, kitobxon insonning taqdiri, tabiati, hayoti haqida muayyan axborot olish
bilan birga bu asardan estetik zavq ham ola bilsin”[1:245]. Shu bois ham,
zamonaviy adabiyotda insonni har tomonlama o’rganish va kashf etish doimiy
dolzarbligini yo’qotmaydi. Adabiyot faqat uslubiy, shakliy va talqinlarni emas,
balki, badiiy asarlarda yaratilayotgan qahramon obrazlarining xilma-xilligi bilan
ham boy va go’zaldir. Hayot uchun kurashuvchan, ezgulikka intiladigan, sabr-
qanoat va aql-idrokka ega obrazlarni tasvirlash badiiy adabiyotning tarbiyaviy-
estetik vazifasi hisoblanadi.
Bugungi kunda, ana shunday turfa xil obrazlarni yaratib, adabiyot maydonida o’z
o’rniga ega ayol yozuvchilardan biri Zulfiya Qurolboy qizidir. U yaratgan
hikoyalarda asosan, ayol obrazi alohida o’ringa ega. Jumladan, muallif qalamiga
mansub “Ayol”, “Yozsiz yil”, “Yolg’izlik qurboni” hikoyalaridagi Nazokat, Buvgul
xola, Tamara kabi turfa xil obrazlarni mahorat bilan yaratganki, bu orqali
kitobxon yozuvchining yuksak did va iste’dod sohibasi ekanligiga yana bir bor
iqror bo’ladi. Bu obrazlari orqali ularning ruhiy kechinmalari, turli taqdir
egalarining iztiroblarini, o’y-xayollarini jozibali hamda reallik bilan badiiy talqin
qilishi alohida ahamiyatga molik. Uning hikoyalaridagi ayollarning har birida
o’ziga xoslik, mehr-muhabbat, vafo va sadoqat tuyg’ulari bilan bir qatorda,
qat’iyat, iroda kabi xususiyatlar ham omuxtalashib ketadi. Bunga “Ayol”
hikoyasidagi Nazokat obrazi yaqqol misoldir. Uning o’zbek ayollariga xos sabr-
toqat, muhabbat tuyg’ulari bilan bir qatorda sharqona nazokat va metin iroda
obraz xarakterini belgilashda yanada aniqroq ifoda qiladi. Nazokat og’ir dard
bilan kurashar ekan, sira ham ayollik nazokatidan vos kechmaydi. Latofat va
go’zalligini tark etmaydi, shu ko’rk bilan jon taslim qilishini va qanchalik dard
ustun kelmasin, unga o’z hukmini o’tkazishga urinmasin, bu qiyinchiliklarga
yengilmasligini, mardonavar kurashishni afzal biladi, bir lahza ham umidsizlikka
tushmaydi. Ayol o’z o’limidan keyin oilasining, farzandlari va turmush o’rtog’i
xotirasida mehribon ona, go’zal rafiqa tarzida qolishni xayol qiladi. Ismi jismiga
monand yashashga intiladigan, buning uchun hamma narsaga tayyor turgan
matonatli ayol. U umrining sanoqli kunlari qolganini sezadi, sanoqli damlarini
ayollik nazokatini saqlagan holda o’lim topish uchun sarflaydi. Eri va
bolalarining xotirasiga yuzlari so’lg’in, ko’zlari unidsiz va nursiz, tanasida shish
va dardga yengilgan ayol sifatida muhrlanishni aslo istamaydi. Buni quyidagi
parchada kuzatish mumkin: “Palataga hamshira kirdi. Erim kelsa ichkariga