Таълим ва инновацион тадқиқотлар (2022 йил № 8)
ISSN 2181-1709 (P)
136
Education and innovative research 2022 y. №8
fanining texnologiya va dizayn yo‘nalishidagi yog‘ochlarga ishlov berish
ishlarini o‘rgatishga oid darslarni anjuman dars shaklida o‘tkazish bo‘yicha
tayyorlangan dars ishlanmasini keltiramiz. Bunda o‘quvchilarga anjumanda
bayon etadigan tushunchalari o‘zlariga mos holda bo‘lib berilgan bo‘ladi. Dars
davomida o‘quvchilar pedagogik va psixologik tomondan kuzatib boriladi.
O‘quvchilarning qiziqishlari, qobiliyatlarini hisobga olib, ular uch guruhga
bo‘lib olinadi: 1-guruh: “O‘lkashunoslar”; 2-guruh: “Duradgorlar”; 3-guruh:
“Tadbirkorlar” [5,73]. O‘qituvchi konferensiya darsi bo‘lishidan oldin
guruhlarga qanday manbalardan foydalanish va fikr yuritish yo‘nalishlari
haqida ko‘rsatmalar beradi. Bunda o‘qituvchi sinfdan tashqari manbalar:
adabiyotlar, radio eshtirish, teleko‘rsatuvlar va matbuot materiallari hamda
mahalliy dalillardan foydalanishni o‘quvchilarga tavsiya etadi. O‘quvchilar
shular asosida tayyorgarlik ko‘rib, rang-barang materiallarni yig‘ib keladilar.
Anjuman darsning rejasi quyidagicha bo‘lishi mumkin:
Darsning maqsadi: a) o‘quvchilarning yog‘ochlarni ishlash bo‘yicha
olgan bilimlarini mustahkamlash, umumlashtirish,
kengaytirish va ularni
amalda qo‘llay olishni o‘rgatish; b) o‘quvchilarni tabiatni sevishga, inson
mehnatini qadrlashga, tejamkorlikka, tadbirkorlikka
va ishbilarmonlikka
o‘rgatish; c) o‘quvchilarning o‘lkashunoslik, duradgor-lik va sotuvchilik
sohalariga oid kasblarga bo‘lgan qiziqishlarini rivojlantirish.
Dars uchun quyidagi jihozlar hozirlanadi: a) dunyoning geografik
xaritasi; b) yog‘och namunalari to‘plami; c) yog‘och turlarini aks ettiruvchi
ko‘rgazma; d) turli xil duradgorlik buyumlari; e) stanoklar,
duradgorlik
o‘lchov va ish asboblari; f) sotuvchilik rastasi va unga qo‘yilgan duradgorlik
buyumlari; g) ustalar, sotuvchilar haqida ma’lumot va ularning ishlaridan
namunalar; h) maktab hisobiga keltirilgan foyda haqidagi ko‘rsatkichlar.
Anjuman darsi quyidagi tartibda o‘tkaziladi:
Boshlovchi: Assalomu alaykum, hurmatli o‘quvchilar!
Bugungi, yog‘ochlarni ishlash mavzusiga bag‘ishlangan anjumani-mizni
boshlaymiz. Anjumanda yosh o‘lkashunoslar, duradgorlar, tadbirkorlar
qatnashmoqda. So‘z yosh o‘lkashunoslarga, marhamat!
1-o‘lkashunos. Ma’lumki, yog‘ochlar muhim qurilish materiali
hisoblanadi. Yog‘ochlar daraxtlardan olinadi.
Daraxtlar esa biz yashab
turgan tabiatda o‘sadi. Ularning turlari juda ko‘pdir. Terak, tol, qayrag‘och,
baqaterak, chinor; Mevali daraxtlardan olma, behi, o‘rik, olcha, yong‘oq
kabilar o‘sadi.
2-o‘lkashunos. Daraxtlar barglarining tuzilishiga qarab ikki xil bo‘ladi: 1)
nina bargli; 2) keng bargli (yaproqli). Nina bargli daraxtlar, asosan, Yevropa
o‘rmonlarida o‘sadi, ularga archa kabilar; keng yaproqli daraxtlargayoq
qayin, dub, terak, qayrag‘och, tol va hokazolar kiradi (shu daraxt turlari
o‘sadigan joylarni dunyoning geografik xaritasidan ko‘rsatib beradi).
3-o‘lkashunos. Daraxt yaproqlari
kuz faslida xazonga aylanib, yerga
to‘kiladi. Ko‘pincha, daraxtlarning xazonga aylangan yaproqlarini
e’tiborsizlik bilan yoqib yuborishga harakat qilamiz. Ana shu yongan yaproq
tutunlari natijasida atrof muhit zararlanadi. Biz nafas olib turgan atmosferada