Образование и инновационные исследования


INDIVIDUAL TECHNOLOGY OF EDUCATION IN



Yüklə 304,47 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix02.12.2023
ölçüsü304,47 Kb.
#171564
1   2   3   4   5
1570-Текст статьи-4666-1-10-20221113

INDIVIDUAL TECHNOLOGY OF EDUCATION IN 
TECHNOLOGY EDUCATION
Shomirzaev Maxmatmurod Xuramovich,
Associate Professor of Technological Education, Termez State 
University, Doctor of Pedagogical Sciences (DSc)
Annotation. The article deals with the issue of sending students to work 
and choose a profession using elements of Uzbek national crafts in school 
technology education in a logical sequence through the conference lesson.
Keywords: school, teacher, student, youth, education, upbringing
technology, active learning, programmed learning, computerized learning, 
conference lesson, profession, market, business, affectivity, entrepreneurship, 
efficiency.


Таълим ва инновацион тадқиқотлар (2022 йил № 8)
ISSN 2181-1709 (P)
134
Education and innovative research 2022 y. №8
Yoshlarni o‘qitish, ularga ta’lim-tarbiya berish, kelajak uchun munosib 
kadrlar qilib tarbiyalash doimo har bir davlatning birinchi navbatdagi 
vazifalaridan biri bo‘lib kelgan. Xuddi shuningdek, bizning mamlakatimizda 
ham bunday ishlar davlatimiz rahbarlarining doimiy ravishda diqqat 
markazida turibdi desak, ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz.
Respublikamiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning bevosita tashabbusi 
va rahbarligida qabul qilingan hamda izchil ravishda amalga oshirilayotgan 
O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalish 
bo‘yicha Harakatlar strategiyasi respublikamizda rivojlanish taraqqiyotning 
yangi bosqichini boshlab berdi. Bu jarayonning amaliy natijalari bugungi 
kunda hayotimizning barcha sohalarida, eng muhimi, xalqimizning ong-u 
tafakkuri, intilish va harakatlarida yaqqol namoyon bo‘lmoqda. 
Harakatlar strategiyasining to‘rtinchi – Ijtimoiy sohani rivojlantirishning 
ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan ta’lim tizimini takomillashtirish 
masalasiga ham alohida e’tibor qaratilgan [1].
Davlatimiz rahbari har bir viloyatga tashrifi doirasida o‘tkazilgan 
yig‘ilishlarda, turli uchrashuvlarda so‘zlagan nutqi va suhbatlarida barkamol 
avlodni tarbiyalash, yoshlarni sog‘lom turmush tarziga amal qilib yashash 
masalalariga kun tartibidagi dolzarb masala sifatida qarash zarurligini 
ta’kidlab kelmoqda. Prezidentimiz ta’kidlaganidek: “Agar farzandlarimizga 
to‘g‘ri tarbiya bermasak, har kuni, har daqiqada ularning yurish-turishi, 
kayfiyatidan ogoh bo‘lib turmasak, ularni ilm-u hunarga o‘rgatmasak, 
munosib ish topib bermasak, bu omonatni boy berib qo‘yishimiz hech gap 
emas” [2].
Maktab texnologiya ta’limida ta’limning shaxsga yo‘naltirilgan 
texnologiyasining asosini shaxsiyatli yondashuv tashkil etadi. Shaxsiyatli 
yondashuv – pedagogning tarbiyalanuvchiga o‘z tarbiyasi va rivojlanishiga 
ongli yondashadigan shaxs sifatida qarashini ifodalovchi yondashuvdir. 
Binobarin, ta’lim jarayonini shaxs rivojlanishiga yo‘naltirish – ta’lim-tarbiya 
ishlarining samaradorligini oshirishning muhim omillaridan biri hisoblanadi. 
Maktab texnologiya ta’limida ta’lim jarayonini shaxs rivojlanishiga 
yo‘naltirish quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
– ta’lim olish, katta hajmdagi ma’lumotni qayta ishlash qobiliyat-larini 
rivojlantirish; 
– turli vaziyatlarda optimal harakat qilish qobiliyatini, mutaxassisning 
inqiroz sharoitida samarali harakat qilish malakasini rivojlantirish;
– ta’lim jarayonida obyektlarning avtoritar faoliyatidan gumanitar-
kommunikativ o‘zaro faoliyatiga o‘tishi;
– faol ta’lim usullarni keng qo‘llash, ya’ni treninglar, dasturlashtirilgan, 
kompyuterlashtirilgan ta’lim, o‘quv guruhiy munozara, keys-stadi, rolli va 
ishbilarmon o‘yinlari kabi usullardan foydalanish.
Bunday texnologiyalardan ko‘zda tutilgan asosiy maqsad – ta’lim 
jarayonida har bir o‘quvchining o‘ziga xos shaxsiy xususiyatlarini hisobga 
olgan holda o‘qitishdan iborat. 
O‘quvchi-yoshlarni mehnatga va kasb tanlashga yo‘llashda texnologiya 



Yüklə 304,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin