Таълим ва инновацион тадқиқотлар (2022 йил № 8)
ISSN 2181-1709 (P)
138
Education and innovative research 2022 y. №8
marketing, boshqarish,
hisob-kitob, moliyalashtirish, kadrlar ishi bilan
shug‘ullanishingizga to‘g‘ri keladi.
Tadbirkorlik nimadan boshlanadi? Zamonaviy sharoitda tadbirkor-likning
barcha turlari avj olmoqda. Ko‘pgina korxonalarning xususiy-lashtirilishi
ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Yirik davlat korxonalari o‘rniga kichik, chaqqon,
har qanday sharoitga tez moslasha oladigan xususiy korxonalar paydo bo‘la
boshladi.
2-tadbirkor. Duradgorlik buyumlarni tayyorlash uchun qancha xom
ashyo ketishini,
ularga ketgan sarf-harajatni, olinadigan foyda hisoblarini
aniqlaymiz. Buyumlarga tannarx asosida sotish uchun baho belgilaymiz.
Albatta, baho belgilash bozorni o‘rganish, undagi talab va takliflar natijasida
amalga oshiriladi. Masalan: beshik tayyorlash uchun o‘lkashunoslar
sanab, ko‘rsatib o‘tgan mahalliy tol, terak daraxtlaridan olingan yog‘och
materiallaridan foydalanishimiz mumkin. Yohoch materiallarini juda
tejamkorlik bilan ishlatishimiz kerak. Iqtisod bilan ish yuritishimiz esa kishi
halol mehnati evaziga daromad olishi va uni aql-idrok, tejamkorlik bilan
zaruriy joylarga ishlatishdir. Isrof-iqtisod va tejamkorlikning aksi bo‘lib,
o‘rinsiz, foydasiz va hayrsiz ishlarga pul va mol sarf qilishdir. “Sen agar isrof
etishni tashlading, ul zamon davlat etagini ushlading”, – deb bejiz aytilmagan.
3-tadbirkor (savdo rastasi oldida turib sotuvchilik kasbi haqida gapirib
beradi). Savdo sohasida to‘g‘rilik va halollik bilan ish ko‘rish talab qilinadi.
Savdoda sotuvchiga xos shirinso‘zlik,
xushmuomalalik, hozir javoblik,
istarasi issiqlik, so‘zamollik kabi umuminsoniy xislatlar mujassam bo‘lishi
kerak.
Boshlovchi: Mana, hurmatli anjuman qatnashchilari, yuqoridagi kasb
egalarining fikr-mulohazalari va tajribalari bilan tanishdik. Yog‘ochlarni
ishlashda nimalarga e’tibor berish, ularni qanday tejab ishlatish kerakligini
bilib oldik. Yuqoridagi uchala kasb ham bir-biriga juda bog‘liq ekan.
O‘lkashunos duradgorsiz, duradgor tadbirkorsiz o‘z faoliyatini yurita
olmasligining guvohi bo‘ldik.
Shu tarzda darsda aytilgan fikrlar umumlashtiriladi. Kasblarning ajralmas
uzviy aloqadorligi ularning faoliyati misolida ko‘rsatib beriladi.
Mehnat
ta’limiga oid mashg‘ulotlardan konferensiya tarzidagi darsni tashkil etish va
o‘tkazish jarayonida quyidagi pedagogik vazifalarni hal etish mumkin:
1. O‘quvchilarning “Texnologiya” faniga oid nazariy va amaliy bilimlarni
mustahkamlash.
2. Kasblar xususiyatini fikrlay bilishga o‘rgatish orqali ularni turli
kasblarni to‘g‘ri tanlashga yo‘naltirish.
3. Predmetlararo aloqalarni uzviy bog’lash.
4. Unumli mehnat qilib, yuqori samaradorlikka erishishga o‘rgatish.
5. Ekologik, iqtisodiy tarbiya berish.
6. Mulohaza yuritish, fikrlash, xulosa chiqara
olish malakalarini hosil
qilishga o‘rgatish.
7. Qo‘shimcha adabiyotlardan foydalanish ko‘nikmasini hosil qilish.
8. O‘quvchilarda bilish imkoniyatlarining cheksizligiga, o‘z