Shaxs va uning xususiyatlari



Yüklə 1,35 Mb.
tarix16.06.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#131173
657c1125-0064-41c4-b62b-eabde15059e7


Mavzu: Shaxs rivojlanishiga ta'sir etuvchi omillar: irsiyat, muhit, ta’lim-tarbiya

Shaxs va uning xususiyatlari.


Ijtimoiy munosabatlarning dastlabki va birlamchi asosi, ularni keltirib chiqaruvchi manbai – shaxs hisoblanadi. Sotsiologiyada shaxsning shakllanishi, ijtimoiy birliklar bilan bog’liq holda rivojlanib boruvchi, uning ehtiyojlarini, shaxs va jamiyat, shaxs va ijtimoiy guruhlar o’rtasidagi funktsional munosabatlarni, shaxs huquqini o’z-o’zidan boshqarilishi jarayonlarini
o’rganadi.
Shaxsiy qarashlarga ega bo’lgan o’zini idora qila oladigan, o’zining kelajagini rejalay oladigan insonga shaxs deyiladi.
Shaxs konkret sotsial munosabatlar sub’ekti sifatida namoyon
bo’lishi inobatga olinadigan bo’lsa, shaxsning asosiy sotsial sifatlari konkret sotsial guruhlar, jamoalar faoliyati va munosabatidan tarkib topadi. Shu sababli shaxsning sotsial sifatlari uchta kichik sistemadan iborat:
shaxsning individualligi;
uning shaxslararo munosabatlari;
munosabatlar sub’ekti sifatida mavjud bo’lishi.
Shaxsning shaxslararo munosabati shu munosabatlar sistemasining elementlaridan biri ekanligini bildiradi. Shaxslararo munosabat shaxs rivojlanishining, uning komil inson sifatida tarkib topishining asosiy sifatida xizmat qiladi.
Shaxsning ijtimoiy munosabatlar sub’ekti sifatida mavjud bo’lishi uning shu munosabatlaridagi sub’ekt sifatidagi maqomi belgilaydi.

Shaxsning ijtimoiy mavqei, manfaati.


Shaxsning ijtimoiy mavqei
bu shaxsning uning huquq va majburiyatlari yoshi, jinsi, kelib chiqishi, kasbi, oilaviy ahvoliga mos ravishda jamiyatda egallagan o’rnidir.

Manfaatning to’rt turi farqlanadi:


Shaxs manfaati
– bu individ faoliyatining u yoki bu ehtiyojni qondirish bilan bog’liq
yo’nalganligidir.
1. Munosabat manfaat
2. Harakat manfaat
3. Tayanch manfaat
4. Yo’nalish manfaat
Munosabat manfaat shaxsning faoliyati jarayonida u yoki bu ob’ektdagi voqea va hodisalarga nisbatan qiziquvchanligini anglatadi. Munosabat manfaat shaxsda shu voqellikka nisbatan e’tiqodining shakllanishidan paydo bo’ladi. Shu sababli munosabat manfaat ijtimoiy munosabatlar sistemasida muhim o’rin tutadi.
Harakat manfaat shaxsning u yoki bu faoliyat sohasida qatnashishida namoyon bo’ladigan manfaat shaxsning faoliyat jarayonining aktivligi yoki passivligini bildiradi.
Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin