Meros qoldiriladigan sinfga asosiy yoki ajdod deyiladi.
Yangi sinf - avlod,
merosxo‘r yoki hosil qilingan sinf deb ataladi.
Shuni
ta'kidlash
kerakki,
hosil
qilingan
sinf
ajdodning
spetsifikatsiyasiga to‘liq mos keladi, lekin qo‘shimcha
funksiyalarga ega
bo‘lishi mumkin. Interfeyslar nuqtai nazaridan, har bir olingan sinf ajdod inf
interfeysini to‘liq amalga oshiradi. Buning aksi to‘g‘ri emas.
Polimorfizm. Polimorfizm – yunoncha so‘z bo‘lib, u turli shakllarga
ega bo‘lish qobiliyatini bildiradi. Obyektga yo‘naltirilgan paradigmada
polimorfizm amallarni ular bajaradigan holatiga
qarab har xil usulda
qo‘llashni nazarda tutadi. Polimorfizm har xil ichki tuzilishga ega bo‘lgan
obyektlarga umumiy tashqi interfeysga ega bo‘lishga imkon beradi.
Polimorfizm, ayniqsa, merosni amalga oshirishda samaralidir.
Dostları ilə paylaş: