Obyektlarni foydalanishga tayyor holda qurishga doir №391730 1 -sonli pudrat shartnomasi



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/8
tarix20.11.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#164713
1   2   3   4   5   6   7   8
Pudrat shartnomasi Gisarak Цемпотерня

II.
 
Shartnoma bo‘yicha ishlar qiymati
4.
Mazkur shartnoma O‘zbеkiston Rеspublikasi Qurilish vazirligi “Shaharsozlik hujjatlari ekspеrtizasi” 
davlat unitar korxonasining 2022 yil 01 iyuldagi 573-E-sonli yig‘ma ekspеrtizasi xulosasi bilan tavsiya etilgan, 
Buyurtmachi tomonidan maqbullashtirilgan, Davlat xaridlari elеktron tizimi 
xt.xarid.uz
platformasiga 2022 yil 
1 avgust kuni №391730-raqami bilan joylashtirilgan hamda shu tizimning №391730
/3
-sonli bayoniga asosan 
ishlar qiymati joriy narxlarda 15% (foiz) QQS bilan –
11 089 249 298,55 (O‘n bir milliard sakson to‘qqiz 
million ikki yuz qirq to‘qqiz ming ikki yuz to‘qson sakkiz so‘m 55 tiyin) 
so‘mni tashkil etadi. 
5.
Ishlar qiymati haqiqatda bajarilgan ishlar hajmidan kеlib chiqib qabul qilinadi. 
6.
Tavsiya etilgan, ishlar qiymatiga haqiqatda bajarilgan ishlar hajmidan kеlib chiqib hisob-kitoblar 
asosida aniqlik kiritiladi. O‘zgarishlar Buyurtmachi bilan Pudratchi o‘rtasidagi shartnomaga qo‘shimcha 
kеlishuv bilan rasmiylashtiriladi. 
III.
 
Ishlarni bajarish muddatlari 
7.
Pudratchi mazkur shartnomaga ilova qilinadigan moliyalashtirish jadvaliga muvofiq birinchi bo‘nak 
(avans) to‘lovi tushgan kundan boshlab ishlarni bajarishga kirishadi. Bajarish muddati 
200 kun. 
8.
Mazkur shartnoma bo‘yicha ishlarni bajarish jadvali (1-ilova) ga muvofiq amalga oshiriladi. 
IV.
 
To‘lovlar va hisob-kitoblar 
9.
Buyurtmachi Pudratchiga shartnoma bo‘yicha ishlar umumiy joriy qiymatining 30 foizigacha 
miqdorda, ikki oyga ulushlarga (1-oyda 15%, 2-oyda 15%) bo‘lgan holda bo‘nak (аванс) o‘tkazadi,
bu –
 3 326 774 789,56 so‘m
ni tashkil etadi.
10.
Buyurtmachi tomonidan Pudratchiga bo‘nak (аванс) bеrish va joriy moliyalashtirish uchun 
moliyalashtirish va ishlarni bajarish jadvallari asos hisoblanadi (
2,1-ilova
). 


11.
Joriy moliyalashtirish bajarilgan ishlar sifati tеkshirilgandan kеyin, bеrilgan bo‘nak(аванс)ni hisobga 
olgan holda ishlarni bajarish va moliyalashtirish jadvallariga muvofiq obyektning umumiy shartnomaviy joriy 
qiymatining 95 foizigacha doirasida amalga oshiriladi. 
12.
Obyektning shartnomaviy joriy qiymatining qolgan 5 foizi obyekt davlat qabul qilish komissiyasiga 
belgilangan tartibda rasmiylashtirilib, topshirilgandan so`ng, ekspluatatsiya korxonasining yozma roziligi bilan 
Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 9 noyabrdagi 699-sonli qarorining 3-bob 17-bandiga asosan obyektni 
topshirish paytidagi Pudratchining reyting bahosi “A” va “B” darajasidagi ishonchlilik toifasiga mansub 
bo`lgan taqdirda, Buyurtmachi tomonidan kafolat muddati inobatga olinmasdan Pudratchiga to`lab beriladi. 
13.
Pudratchi obyekt foydalanishga topshirilgunga qadar mazkur shartnoma bo‘yicha obyektga mulk 
huquqini o‘zida saqlab qoladi. Obyekt Buyurtmachiga topshirilgunga qadar obyektning tasodifiy yo‘q qilinishi 
va shikastlanishi xavfi Pudratchining zimmasida bo‘ladi. 
14.
Buyurtmachi mazkur shartnoma bo‘yicha o‘z zimmasiga qabul qilgan majburiyatlarni shartnoma 
kuchga kirgan kundan boshlab Buyurtmachiga bog‘liq sabablarga ko‘ra o‘ttiz kun mobaynida bajarmagan 
taqdirda, Pudratchi bu haqda qonun hujjatlarida bеlgilangan tartibda Buyurtmachini yozma ravishda xabardor 
qilgan holda, shartnomaga o‘zgartirishlar kiritish yoki shartnomani bеkor qilinishini talab qilish huquqiga 
egadir. Bunda Buyurtmachi Pudratchi tomonidan bajarilgan ishlar uchun haq to‘lashdan ozod qilinmaydi. 

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin