Ochiq arxitektura printsipi Kompyuterning turlari va uni klassifikatsiyalash Komp’yuterlar klassifikatsiyasi usullari


Tashuvchilarning texnik ma’lumotlari



Yüklə 220,66 Kb.
səhifə15/24
tarix25.12.2023
ölçüsü220,66 Kb.
#195802
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   24
avtomatika vositasining rivojlanish tendensiyalari

Tashuvchilarning texnik ma’lumotlari

MASS Storage Device - tashqi xotira qurilmasi bo`lib, energiyaga bog`liq ravishdagi katta sig`imga ega. Tashuvchilar bu ma`lumotlarni yozish va o`qishga xizmat qiladi. Ichki tashuvchilar PKning sistemali bloki ichiga joylashadi va IDE va SCSI interfeyslari bilan ulanadi, tashqilari esa – sistemali blokdan xoli USB, FireWire shinalari orqali ulanadi. IBM turidagi ko`plab PKlarda IDE - tashuvchilar ishlatiladi. SCSI - tashuvchilar Apple firmasi PKlarida va tarmoq serveri maqsadida xizmat qiluvchi IBM turidagi PKlarda foydalaniladi.


Tashuvchilarning asosiy turlarini sanab o`tish mumkin:

  • qattiq magnitli disk tashuvchilar (QMDT, vinchesterlar, NDD);

  • egiluvchan magnitli disk tashuvchilar (EMDT, FDD);

  • kompakt-diskli tashuvchilar (CD-ROM, CD-R, CD-RW);

-DVD da tashuvchilar (DVD-ROM, DVD-RW, DVD-RAM, DVD+RW va boshqa standartlar);

  • almashinuvchi floppiga o`xshash oshirilgan sig`imdagi magnit disk tashuvchilar;

  • almashinuvchi magnitooptik disk tashuvchilar;

  • magnitli lentali tashuvchilar(MLT);

  • RAID- massivlar;

  • energiya manbali xotira platalari;

  • flesh - disklar.

Bu ro`yxatdagi qattiq, egiluvchan magnit disklar, magnit lenta tashuvchilar qurilmalari, kompakt-diskli tashuvchilar CD va DVDlar yuqorida berildi.
Qolgan vositalarni ko`rib chiqaylik.
Kompakt diskka asoslangan tashuvchilar.
So`nggi yillarda optik disk tashuvchilari borgan sari ko`plab tarqalmoqda. Ularning o`lchamlari: 5", 4.72", 5.25 " diametrli kompakt disklar ishlatiladi. Ulardan tashqari 12" va 14"lilari ham mavjud. Optik disklarni yozilish va o`qilishiga qarab xilma xil turlari bor.
Almashinuvchi floppiga o`xshash oshirilgan sig`imdagi magnit disk tashuvchilar (LS-120, Lotega Zip va boshqalar) maxsus 100-200 Mbaytli disklarga yozishni ta`minlaydi. Biroq bu qurilma disketlari nisbatan qimmat, shu sababdan arxivlar hosil qilish uchun strimmer ishlatgan qulay.
Undan ham kattaroq ma`lumot hajmi (5Tbayt va undan ko`proq) bo`lsa, magnitooptik disketlarga yozish mumkin. Bunday disklar tashqi ta`sirga qarshiligi katta, qayta-qayta yozishlar imkoni amalda chegaralangan bo`lsa-da, tezligi yuqori.
Bahosi yuqori bo`lgani sababli keng tarqalmagan.
KASH – massiv va yaxlit stoykaga tutashtirilgan smenali magnit disketalardir. Bir faylning turli bloklarini yozish parallel ravishda bir necha diskda amalga oshirilishi mumkin. Undan tashqari, ishonchlilikni oshirish uchun bir blokdagi fayllarni bir nechta diskka yozish mumkin. KASH tasvirlar - serverlarda katta oqimdagi ma`lumotlar ko`pchilik foydalanuvchilarga o`qish, yozish uchun xizmat qiladi.
Energoquvvatli xotira kartalari mobil raqamli vositalarda (raqamli fotoaparat, MRZ – pleerlar, ba`zi raqamli videokameralar va hokazolar) keng tarqalgan, turlari esa: Compact Flash (CF), Sucuer Digital (SD), Multi Media Card (MMS). Kartalar sig`imi 16 Mdan 1 Gbaytgacha. Bu xotira hozircha qimmat, biroq istiqbolli.
Mobil raqamli vositalar va stol variantdagi PK yoki noutbuklar orasida bog`lanish ketma–ket porti yoki USB shinasi orqali amalga oshiriladi. Bulardan tashqari energiya manbali xotira platasini EXQ o`qish uchun maxsus vositalar bor. Mazkur EHMlarning ayrim turlari sifatida USB Key yoki Diskon Keyni aytsa bo`ladi. Bular ma`lumot tashuvchi printsipial yangi qurilmalar bo`lib, (odatda 16 da 512 megabaytgacha) PK ga USB port orqali ulanadi. USB Key ishlatish uchun maxsus programma ta`minoti talab etilmaydi, chunki Windows bu qurilmani mobil tashuvchi deb aniqlaydi.
Mobil qurilmalarning uzoq saqlash xotirasining yana bir turi IBM Microdrive – super kompakt QMDT hisoblanadi, u 1 Gbaytgacha ma`lumot saqlashi mumkin.
RAID diskli massivlari

Ma`lumotlar bazasining mashina–serverlarida va super – EHM larda tez–tez RAID diskli massivlar (Redundant Arrays of Inexpective Disk) qo`llaniladi, ularda qattiq disklardagi bir nechta yig`uvchilar bitta katta mantiqiy blokka birlashtirilgan, bunda ortiqcha ma`lumotlarni kiritishga asoslangan, tizim ishlashning ishonchliligini sezilarli oshiradigan ma`lumotlar aniqligini ta`minlash usullari ishlatiladi (nosoz ma`lumot payqalganda u avtomatik ravishda to`g`rilanadi, to`g`rilanmagani Plug&Play rejimda to`g`risi bilan almashtiriladi).


RAID massivlarni bazaviy komponovkalashning bir necha darajalari mavjud:
1-daraja ikkita diskni o`z ichiga olib, ularning ikkinchisi birinchisining aniq nusxasidir;
2-daraja nazorat yig`indisini maxsus saqlash uchun bir necha disklarni ishlatadi hamda eng murakkab funktsional va eng samarli xatoliklarni to`g`rilash usulini ta`minlaydi;
3-daraja 4 ta diskni o`z ichiga oladi: 3 tasi ma`lumotli, to`rtinchisi esa birinchi uchtasidagi xatoliklarni to`g`rilashni ta`minlaydigan kontrol summalarni saqlaydi;
4 va 5 darajalar har birida o`zining shaxsiy nazorat yig`indilari saqlanadigan disklarni ishlatadi.
RAID6 va RAID7 – ikkinchi avlod diskli massivlardir. RAID7 120 tagacha mantiqiy disklarni shakillantiruvchi, istalgan sig`imdagi 48 tagacha fizik disklarni birlashtirish mumkin; u 256 Mbaytgacha ichki keshga va SCSI tipidagi tashqi interfeyslarni ulash uchun raz`yomlarga ega. Ichki X-bus shinasi 80 Mbayt/s o`tkazish imkoniyatiga ega (taqqoslash uchun: SCSI-3 transferi 40 Mbayt/sgacha, fizik diskdan o`qish tezligi esa 5 Mbayt/s gacha bo`ladi).
RAID diskli massivlarda ishdan chiqquncha ishlashining o`rtacha vaqti yuz minglab soat, 2 darajali komponovkada esa million soatgacha boradi. Oddiy MDY larda bu kattalik ming soatdan oshmaydi. RAID diskli massivlarning ma`lumot sig`imi – 3 dan 700 Gbaytgacha.
Taqqoslash uchun: 10 Tbayt sig`imli xotira Rossiya Davlat ilmiy kutubxonasidagi hamma kitoblardagi ma`lumotlarni yozish uchun etarlidir, boshqacha aytganda, har biri 1600 betli 14 mln jild, har biri 10 ta tokchadan iborat qariyb 100 km li shkaflardir.

Yüklə 220,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin