Ochiq arxitektura printsipi Kompyuterning turlari va uni klassifikatsiyalash Komp’yuterlar klassifikatsiyasi usullari



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə20/24
tarix25.09.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#148131
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
1507561806 69168

Grafquruvchilar - murakkab tasvirlarni chizish qurilmasi. Planshet va rulonli bo`ladi. Planshetli qurilmalarda qog`oz katta planshetga mahkamlanadi va chizuvchi pero yuqoriga, pastga va o`ng-so`lga harakat qiladi. Rulon qurilmalarida pero faqat o`ngga-so`lga siljiydi, qog`oz esa pero chizig`i bo`ylab tortiladi. Grafquruvchilar - nisbatan qimmat qurilma va u maxsus maqsadlarda ishlatiladi. Mukammal chizmalar, keng formatli plakatlarni chizishga xizmat qiladi.
Printerlar. Komp`yuterda bosma qurilmasi printer deb yuritiladi va u ma`lumotni qog`ozga chiqaradi. Printerlar matn ma`lumotidan tashqari, rasmlar va grafikani ham bosib chiqaradi. Ba`zi printerlar faqat bir rangda(qora), ba`zilari esa rangli tasvirda ham chiqaradi.
Hozirda printerlar: matritsali, purkaguvchi(oqimli), lazerli bo`ladi.Matritsali printerlar. IBM PC uchun avvallari eng ko`p tarqalgani matritsali(signali-matritsali) printerlar edi. Uning ko`rinishi 17-rasmda berilgan.

17-rasm. Matritsali printer
Bu printerning ishlash qoidasi quyidagicha: printerning bosish moslamasida(golovka) vertikal tartibda ignalar joylashgan. Bosish moslamasi bosish satri bo`ylab harakat qiladi va ignalar kerakli simvollar, raqamlar yoki boshqa abviaturalarni bo`yalgan lenta(katridj) orqali qog`ozga uradi. Ignalar soniga qarab 9,24,48ta, printerlar bir necha turlarga bo`linadi. 9 ignali printerda bosma sifati pastroq. Sifatini oshirish uchun bosma 2,4 marta qaytariladi. Natijada printer sekin bosadi.

  • 24 ignali printer sifatli va tezrok ishlaydi.

  • 48 ignali printer bosishni juda sifatli chiqaradi.

Matritsali printerlar tezligi bir qog`ozga taxminan 10-60sek. oralig`ida bo`ladi. Matritsali printerlar xamon ko`p ishlatiladi, chunki ularning qiymati qimmat emas, bir qog`oz ma`lumot bosib chiqarish xarajati ham eng arzon hisoblanadi.
Purkagichli printerlar. Xozirda eng ko`p tarqalgan printerlar bu purkagichli printerlardir. Bu printerlarinng ishlash printsipi matritsali printerlarga o`xshash, biroq bosish moslamasida butunlay boshqa usulda yasalgan. Bosish moslamasida naycha (soplo) siyoh purkashi tufayli tasvir paydo bo`ladi. Bosish moslamasi gorizontal harakatlanib, har bir qatorga uriladigan belgini bosib, qator oxiriga etganda, qog`oz vertikal bo`yicha bir qatorga tortiladi, so`ng bosish yangi qatorning birinchi simvolidan boshlab davom ettiriladi va hokazo.
Bu turdagi printerlar shovqinsiz ishlaydi, sifati yaxshi, tezligi bir bet uchun 15100 sekund atrofida.
Eslatma. Mazkur printerlar qattiq va zich qog`ozga bosma chiqarish uchun mo`ljallangan, gazeta qog`oziga o`xshash yoki sifati past rangsiz qog`ozlarni ishlatish mumkin emas. Printer bunday qog`ozlarni tortib o`tkazyotganda yirtilib yoki yig`ilib qolishi, natijada printer ichida tiqilib qoladi.

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin