OCHIQ DARS ISHLANMASI “Tasdiqlayman” _________ _______________________
Urganch Davlat universiteti Fizika-matematika fakulteti “Fizika” yo’nalishi 4-kurs 191-guruh talabasi _________________________________________ning Urganch shahar 38-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabining 9-D sinfida fizika fanidan o’tkazgan bir soatlik dars rejasi Dars mavzusi: “Issiqlik jarayonlarining qaytmasligi. Termodinamikaning 2-qonuni” Dars maqsadi: a) ta’limiy maqsad: Real hayotda qaytar jarayonlar yo’qligini tushuntirish. Termodinamikaning 2-qonuni ya’ni issiq jismdan sovuq jismga issiqlik o’tishi va buning teskarisi o’z-o’zidan sodir bo’lmasligini tushuntirib berish b) tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni yangi bilimlar egallashda fanlararo bog’lanishning ahamiyatini yoritib berish orqali bilim olishga bo’lgan qiziqishlarini oshirish d) o’quvchining o’sishini ko’zlash maqsadi: O’quvchilarning Termodinamika haqidagi bilim va tasavvurlarini kengaytirish Mashg’ulot turi:Yangi bilim beruvchi Darsni olib borish metodi: Aqliy hujm, Klaster, Krasvord, Ko’rgazmali dars Darsga ajratilgan vaqt: Dars uchun umumiy ajratilgan vaqt 45 daqiqa Dars rejasi: a) darsni tashkil qilish(dars bosqichlari,qismlari,ularga ajratilgan vaqt): 5 b) uy vazifasini tekshirish, o ’tilgan mavzuni takrorlash uchun savol-javob: 10 c) yangi mavzuni e’lon qilish, maqsad va vazifalarini tushuntirish: 5 d) yangi mavzuni tushuntirish: 10 e) darsni mustahkamlash: 5 f) yangi mavzuning o’quvchilar tomonidan qanchalik o’zlashtirilganligini tekshirish: 5 g) darsni yakunlash, o’quvchilarni baholash, uyga vazifa berish: 5