Suyaklariing birikishi
Yuqorida tana suyaklari bayon etilganda ularning bir -biriga birikishi xaqida qisqacha ma'lumot bеrilg’an edi. Shu bilan birga, bu birikish ularning harakatlanishiga muxim ahamnyatga ega.
Odam tanasidagi 206 ta suyakning hammasi bir - biri bilan ikki xil: harakatsiz va harakatli birikadi,
Suyaklarning harakatsiz (oraliqsiz, uzluksiz} birikishiga bosh, umurtqa va chanoq suyaklarining bir - biri bilan tutashuvi misol bo’ladi. Ular boylamlar, tog’aylar, suyak choklari yordamida bir - biriga birikadi. Bosh suyagi pеshona, tеpa, chakka, ensa kabi aloxida suyaklardan iborat bo’lib, bola o’sgan sari ular chok yordamida bir - biriga birikib, yaxlit bosh suyagini xosil qiladi, Bu suyaklar bir - biriga uzluksiz - zich birikkanligi uchun ular harakatsiz bo’ladi.
Harakatli, ya'ni bo’g’im xosil qilib birikishga qo’l va oyoqlarning’ bo’g’imlari kiradi: еlka, tirsak, kaft ust, son - chanoq, tizza, boldir tovon hamda qo’l va oyoq panja suyaklarining bir -biri bilan bo’g’im xosil qilib birikipga bunga misol bo’ladi. Bo’g’im hosil qilib birikuvchi ikkita suyakdan birining uchi qavariq, silliq, ikkinchisiniig uchi esa botiqroq bo’ladi. Bo’g’im uch qismdan: bo’g’im xaltachasi, suyaklarnnng birikish yuzasi va bo’g’im bo’shlig’idan iborat.
Bo’g’im xaltachasi ikki qavat - tashqi ( pishiq fibroz), ichki - sillnq yumshoq pardalardan tashkil topgan. Ichki sinoviy qavatning pardasidan moysimon sinoviy suyuqlik ( bo’g’im moyi ( ishlab chiqariladi. Bu suyu^ushk suyaklarning bo’g’im yuzasini moylab, ular harakatink qulaylashtiradi. Bo’g’im tashqi tomondan paylar bilan o’ralib, uning mustaxkamligini ta'minlaydi.
Suyaklar bo’g’im yuzalarining tuzilishiga qarab bo’g’imlar sharsimon, ellipssimon, egarsimon, silindrsimon, g’altaksimon bo’ladi. Masalan, kurak va еlka suyaklari birikib, sharsimon tuzilishga ega bo’lgan bo’g’imni xosil qiladi va bu bo’g’imda xilma -xil (oldinga, orqaga, yuqoriga, pastga, aylanma) harakatlar bajariladi.
Dostları ilə paylaş: |