Odam anatomiyasi


Tepa suyagi Tepa suyagi



Yüklə 10,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/160
tarix06.09.2023
ölçüsü10,25 Mb.
#141763
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   160
ATLAS ODAM ANATOMIYASI I-TOM SINELNIKOV (O\'zbekcha)

Tepa suyagi
Tepa suyagi, 
os parietale,
(ras.56-58), juft, 
kalla gumbazining yuqorigi va yon qismini 
tashkil etadi. U to’rtbuchak, tashqi tomonga 
bo’rtgan plastinka shaklida bo’lib unda ikki 
yuza farqlanadi: tashqi va ichki – hamda to’rt 
qirrasi: yuqorigi, pastki, oldingi va orqa – 
farqlanadi. 
Tashqi yuza, 
facies externa
, silliq va bo’rtgan. 
Suyakning ko’priq bo’rtgan qismi – tepa 
do’mbog’I, 
tuber parietale,
deb ataladi. Tepa 
do’mbog’ining pasida gorizontal holatda 
yoysimon g’adir-budur bo’lgan yuqorigi tepa 
chizig’I, 
linea tempotalis superior,
joylashgan 
bo’lib bu chiziq peshona suyagidagi shu nomli 
chiziqning davomi bo’lib u tepa suyagining 
butun yuzasi bo’ylab o’tib, uning orqa, pastki 
burchagida tugaydi. Bu chiziqdan pastda, tepa 
suyagining pastki qirrasiga paralel ravishda 
boshqa ko’proq rivojlandan chiziq – pastki tepa 
chizig’I, 
linea temporalis inferior
, (birinchi 
chiziqga tepa fatsiyasi, facia temporalis, 
ikkinchisiga esa – tepa muskuli, m. temporalis, 
brikadi) joylashgan. 
Ichki yuza, 
facies interna
, botiq; unda sust 
ko’rinuvchi 
miya 
releyflarining 
izlari 
panjasimon botiqlik, 
impressiones digitatae

ko’rinishida va daraxtsimon shoxlanuvchi 
arterial egatchalar, 
sulci arteriosi,
(bu yerda 
o’rta meningeal arteriya, a. meningea media, 
tarmoqlari yotadi) joylashgan. 
Ichki yuzada yuqorigi qirg’oq bo’ylab to’liq 
bo’lmagan 
yuqorigi 
sagittal 
sinusning 
egatchasi, 
sulcus sinus sagittalis superioris

bor. Bu egatcha ikkinchi tepa suyagidagi shu 
nomli egatcha bilan qo’shilib bir butun 
egatchani hosil (egatchaning qirralariga miya 
qattiq pardasining o’simtalari – katta miyaning 
o’rog’i, falx cerebri, brikadi) qiladi. 
Suyak yuqorigi qirrasining orqa qismida 
uncha katta bo’lmagan tepa teshigi, foramen 
temporalis, joylashgan bo’lib, undan ensa 
arteriyasining 
tolalari 
miyaning 
qattiq 
pardasiga va tepa emissar venasi o’tadi. 
Egatchaning chuqurida va uning yonida (asosan


Страница | 30
keksa yoshdagi odamlarning tepa suyagida) 
ko’p sonli mayda granulyatsiya chuqurchalari, 
foveolae granulares, ( bu yerga miyaning 
o’gamchaksimon pardasining granulyatsiyalati 
kiradi) joylashgan.
Ichki yuzaning pastki orqa burchagida, chuqur 
egatcha – sigmasimon sinusning egatchasi, 
silcus sinus sigmoidei,
(miya qattiq pardasi 
venoz 
sigmasimon 
sinusining 
o’rni) 
joylashgan. Bu egatcha oldindan chakka 
suyagidagi shu nomli egatchaga, orqadan esa 
ensa suyagidagi ko’ndalang egatchaga o’tadi. 
Yuqorigi sagittal qirg’oq, margo sagittalis, 
to’g’ri, kuchli tishlashgan, boshqalaridan 
uzunroq bo’lib boshqa tepa suyagining shu 
nomli qirg’og’I bilan qo’shilib sagittal chok, 
sutura sagittalis
, ni hosil qiladi. Pastki 
tangasimon 
qirrasi, 
margo 
squamosis, 
o’tkirlashgan, yoysimon; uning oldingi tomoni 
ponasimon suyakning katta qonoti bilan 
berkilgan; davomi bo’lmish orqa qismi esa 
o’zining tepa qirrasi bilan chakka suyagining 
tangasimon qismini yopib turadi. 

Yüklə 10,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin