Suyak tanglay Suyak tanglay, palatum osseum, (ras. 123),
burun
bo’shlig’ining
tubi
va
og’iz
bo’shlig’ining tomi bo’lib xisoblanadi (ras.
109,, 110). Suyak tanglayning oldingi uchdan
ikkisi yuqorigi jag’ning tanglay o’simtasidan,
orqa uchdan biri esa – tanglay suyagining
gorizontal plastinkasi va uninng piramidan
o’siqlaridan iborat.
Suyak tanglay oldindan va yondan yuqorigi
jag’ning
alveolyar
o’simtasi
bilan
chegaralangan.suyak tanglayning o’rtasidan
sagittal yo’nalishda o’rta tanglay choki,
sutura palatina mediana, o’tgan bo’lib, u yuqorigi
jag’ning tanglay o’siqlarini o’zaro va tanglay
suyagi gorizontal plastinkasini ham o’zaro
briktiriradi. O’rta chok bo’ylab ko’pincha
tanglay yostiqchasi,
torus palatinus, joylashadi.
Bu chokning orqa qismi yuqorigi jag’ning
tanglay o’simtasi va tanglay suyagining
gorizontal plastinkasi tanglayning ko’ndalang
choki,
sutura palatina transversa, bilan
kesishadi. Tanglayning o’rta chokining oldingi
tugash
qismida
kesuvchi
tishlarning
alveolalarining orqasida kesuvchi chuqurcha
118. Burun bo’shlig’i, cavitas nasi, skletining lateral devori. (O’ng tomon. Burun suyak to’sig’ining o’ng tarafidan o’tkazilgan sagittal kesim. Yuqorigi, o’rta va pastki burun chig’anoqlari, conchae nasales superior, media et inferior, lar qisman olib tashlangan.) fossa incisiva, joylashgan. Chuqurchaning
tubida kesuvchi kanal,
canalis incisivus, ga
davom etuvchi kesuvchi teshik,
foramen icisivum, (undan nerv va tomirlar o’tadi)
joylashgan. kanal qattiq tanglayning yuqorigi,
burun yuzasiga, burun qirrasining ikki yonidagi
ikkita teshik sifatida ochiladi. Yosh bolalar,
ba’zan o’smirlar kallasida, kesuvchi teshikning
ikki yonida doimiy bo’lmagan kesuvchi suyak,
os incisiva , ni yuqorigi jag’ suyagining tanglay
o’simtasi bilan bog’lovchi chok – kesuvchi
chok,
sutura incisiva, ko’rinadi.
Suyak tanglayning orqayuqorigi qismida
bittadan katta tanglay teshigi,
foramen palatinum majus, undan orqaroqda esa 1 – 2 ta
kichik tanglay teshigchalari,
foramina palatina minora, joylashgan. Suyak tanglayning ikki
yonida, katta tanglay teshigining oldida, - tomir
va nervlarning o’tishidan hosil bo’lgan tanglay
egatlari,
sulci palatini, ko’rinadi.