Страница | 98
Chanoqning pastki aperturasi, apertura pelvis
inferior.
Dimeter recta – dum cho’qqisi va simfizning
pastki qirg’og’i orasidagi masofa
Ko’ndalang diametr – o’tirg’ich do’mboqlari
orasidagi masofa
Chanoq
nishabligi
– inclinatio pelvis,
(gorizontal tekslik va chanoqning yuqorigi
apertura tekisligi orasidagi burchak bilan
o’lchanadi)
PASTKI TUGASHNING ERKIN
SUYAKLARI
Son suyaklari
Son suyagi
Son suyagi,
os femoris
(ras. 179 – 181; ras. 164;
183), odam skletidagi uzin suyaklar ichidagi
eng uzun va yo’g’on suyakdir. Unda tana va
ikki epifiz – proksimal va distal, farqlanadi.
Son suyagining tanasi, corpus ossis femoris,
tsilindrik shakilda, o’qi bo’yicha
sal buralgan
va oldinga egilgan. Tananing oldingi yuzasi
silliq.
Tananingorq
yuzasidan
muskullar
boshlanuvchi va tugovchi g’adir-budur chiziq,
linea aspera o’tgan. U ikki qismga bo’linadi:
lateral va medial lablar. Lateral lab, labium
laterale, suyakning pastki uchdan birida lateral
tomonga ya’ni lateral bo’g’im o’sig’i,
condylus
lateralis,
ga qarab yo’l oladi, yuqorigi uchdan
biri esa ko’proq turtib chiqqan bo’lib, uchinchi
ko’st, trochanter tertius, nomini olgan va dumba
do’mboqchasi,
tuberositas glutea,
ga yo’nalgan
bo’ladi (ras. 179). Medial lab, labium mediale,
soning pastki uchdan birida medial tomonga
ya’ni medial bo’g’im o’sig’i,
condylus
medialis,
ga yo’nalgan bo’lib bu yerda lateral
lab bilan birgalikda
uchburchak shakildagi
tizzaosti yuza,
facies poplitea,
ni chegaralab
turadi. Bu yuza ikki
yondan vertikal
yo’naluvchi, unchalik ko’rinmaydigan medial
bo’g’im
o’s’ig’iusti
chizig’i,
linea
supracondylaris medialis,
va lateral bo’g’im
o’s’ig’iusti chizig’i,
linea supracondylaris
lateralis,
bilan chegaralangan. bu chiziqlar mos
ravishda lateral
va medial lablarning davomi
bo’lib lateral va medial bo’g’im o’s’ig’ining
ustki qismiga yo’nalgan bo’ladi. Medial lab
yuqorigi soxada qirrali chiziq, linea pectinea, ga
davom etadi. Son suyagi tanasining taxminan
o’rta qismida, g’adir-budur chiziqning yon
tomonida oziqlantiruvchi teshik,
foramen
nutricium,
joylashgan bo’lib u – proksimal
yo’nalgan oziqlantiruvchi kanal,
canalis
nutricius,
ga olib kiradi.
Davomi
Chanoq o’lchamlari
Ayollar Erkaklar
9,5 sm 7,5 sm
10, 8 sm 8,1 sm
55 – 60
O
50 – 55
O
Son suyagining
yuqorigi proksimal
epifizi,
epiphysis proximalis femoris,
ning tanaga o’tish
chegarasida ikkita g’adir-budur o’siq – katta va
kichik ko’stlar joylashgan. Katta ko’st,
trochanter
major,
yuqoriga
va
orqaga
yo’nalgan; u suyak proksimal epifizining lateral
soxasini egallagan. Uning tashqi yuzasi teri
ostidan yaxshi paypaslanadi, ichki yuzasida esa
ko’s
chuqurchasi,
fossa
trochanterica,
joylashgan. Son suyagining oldingi yuzasida,
katta ko’stning cho’qqisidan medial tomonga
yo’nalgan va suyakning orqa yuzasidagi qirrali
chiziqga o’tib ketuvchi ko’stlararo chiziq,
linea
intertrochanterica,
joylashgan. Orqa yuzada
ham shu yo’nalishda suyakning yuqorigi, orqa
medial qismida joylashgan kichik ko’st,
trochanter minor
,da tugovchi, ko’ztlararo qirra,
crista
intertrochanterica,
o’tadi. Suyak
yuqorigi epifizining
qolgan qismi yuqori va
medial tomonga yo’nalgan bo’lib sferik
shakildagi son suyagining boshchasi,
caput
ossis femoris,
bilan tugaydi. Son bo’yonchasi
frontal tekislikda ozgina qisilgan. U sonning
uzun o’qi bilan ayollarda to’g’ri, erkaklarda esa
nisbatan o’tmas burchak hosil qiladi. Son
suyagi
boshchasining
yuzasida
kichik
o’lchamda g’adir-budur bo’lgan son suyagi
boshchasining chuqurchasi,
fovea capitis ossis
f
emoris
(son suyagi boshchasi boylamining
brikish joyi) joylashgan.
Son suyagining pastki,
distal epifizi,
epiphysis distalis femoris, ko’ndalangiga
yo’g’onlashgan va kengaygan hamda ikkita
bo’g’im o’simtasi: medial,
condylus medialis
,
va
lateral,
condylus
lateralis,
bilan
yakunlangan. Sonning medial bo’g’im o’sig’i
lateraliga nisbatan kattaroq.lateral o’siqning
tashqi yuzasida va medial o’siqning ichki
yuzasida mos ravishda bo’g’im o’sig’iusti
o’simtalari,
epicondylus
lateralis
et
epicondylus medialis,
joylashgan. Medial
bo’g’im
o’sigiusti
soxada
katta
yaqinlashtiruvchi muskul brikadigan joy –
yaqinlashtiruvchi do’mboqcha,
tuberculum
adductorium,
joylashgan.
Bo’g’im
o’siqlarining bir biriga qaragan yuzasi bo’g’im
o’siqlariaro
chuqurcha, fossa intercondylaris,
bilan chegaralangan bo’lib, bu chuqurcha tizza
osti chuqurchasidan bo’g’im o’siqlariaro
chiziq,
linea
intercondylaris,
bilan
chegaralangan. Har bir bo’g’im o’sig’ining
yuzasi silliq. Bo’g’im o’siqlarinig oldingi
yuzalari bir-biri bilan qo’shiladi va tizza
qopqog’ining son suyagi bilan brikadigan joyi
– tizzausti yuzasi,
facies patellaris,
ni hosil
qiladi.
Dostları ilə paylaş: