Страница | 104
Bu
egatning oldida, katta boldir suyagi
medial tomonidan pastga yo’nalgan o’simta –
medial to’piq
, malleolus medialis,
joylashgan
bo’lib teri ostidan yaxshi seziladi. To’piqning
lateral yuzasi to’piqning bo’g’im yuzasi,
facies
artticularis malleoli,
bilan band.
Bu yuza
suyakning pastki yuzasiga davom etadi va botiq
bo’lgan katta boldirning pastki bo’g’im yuzasi,
facies articularis inferior tibiae,
ni hosil qiladi
(ras. 186).
Kichik boldir suyagi
Kichik boldir suyagi,
fibula
, (ras. 164, 182,
188, 189), - ingichka va uzun suyak. U tana va
ikki epifiz – yuqorigi va pastki, ga ega.
Kichik boldir suyagining tanasi, corpus
fibulae, uchqirrali, prizmatik shakilda. U
bo’ylama o’q
atrofida buralgan va orqaga
egilgan holatda. Unda uchta yuza: lateral yuza,
facies lateralis, medial yuza, facies medialis, va
orqa yuza,
facies posterior,
- hamda bu yuzalar
uch tomon yoki qirra bilan bir biridan ajiralgan.
Oldingi tomon,
margo anterior,
boshqa
tomonlarga
nisbatan
o’tkirroq
qirra
ko’rinishida bo’lib lateral yuzani medial
yuzadan ajiratib turadi;
medial qirra,
crista
medialis,
suyakning orqa va medial yuzalari
orasida joylashgan. Orqa va lateral yuzalar
orasidan esa orqa tomon,
margo posterior,
o’tadi. Tananing orqa yuzasida distal
yo’nalishda joylashgan oziqlantiruvchi kanal,
canalis
nutricius,
ga
olib
kiruvchi
oziqlanturuvchi teshik,
canalis nutricum,
joylashgan.
Suyakning
medial
yuzasida
suyaklararo qirg’oq,
margo
interosseus,
joylashgan.
Kichik boldir suyagining yuqorigi, proksimal
epifizi,
epiphyziz proximalis fibulae
,
kichik
boldir suyagining boshchasi,
caput fibulae
, ni
hosil qiladi va bu boshchada katta boldir suyagi
bilan brikishga mo’ljallangan bo’g’im yuzasi,
facies articularis capitis fibulae,
joylashgan.
Boshchaning yuqorigi tomni o’tkirlashgan
bo’lib – bu boshchaning cho’qqisi,
apex capitis
fibulae,
deb ataladi. Boshch tanadan kichik
boldir suyagining bo’yinchasi,
collum fibulae,
bilan ajiralib turadi.
Kichik
boldir suyagining pastki, distal
epifizi,
epiphysis distalis fibulae,
lateral to’piq,
malleolus lateralis,
ni hosil qiladi. To’piqning
tashqi yizasi teri ostidan yaxsh paypaslanadi.
To’piqning medial yuzasida bo’g’im yuzasi,
facies articularis malleoli,
mavjud bo’lib u
orqali oshiq suyagining tashqi yuzasi bilan
bo’g’im hosil qiladi. Bu yuzadan teparoqda esa
notekkis ko’rinishda yuza bo’lib –
bu yuza
orqali kichik boldir suyagi katta boldir
suyagining kichik boldir o’ymasiga brikadi.
Lateral to’piqning orqa yuzasida chuqur
bo’lmagan to’piq egatchasi,
sulcus malleolaris,
joylashgan bo’lib – bu egatchadan kichik boldir
muskulining payi o’tadi.
Dostları ilə paylaş: