ATLAS ODAM ANATOMIYASI I-TOM SINELNIKOV (O\'zbekcha)
Kaftoldi suyaklari Kaftoldi suyaklari,
ossa tarsi (ras 164, 190 –
194), ikki qator bo’lib joylashgan: proksimal
qismdagilarga oshiq va tovon suyagi, distal
qismdagilarga esa – qayiqsimon, kubsimon va
uchta ponasimon suyaklar kiradi. Kaftoldi
suyaklarining proksimal qatori boldir suyaklari
bilan brikadi; suyaklarning distal qatori esa
oyoq kafti suyaklari bilan brikadi.
Oshiq suyagi Oshiq suyagi, talus , (ras. 195), - boldir
suyaklari bilan brikuvchi yagona kaftoldi
suyagi xisoblanadi. Uning orqa qismi – oshiq
suyagining tanasi,
corpus tali, dir. Tana oldinga
borgan sari ingichkalashib – oshiq suyagining
bo’yinchasi,
collum tali, ga o’tadi va bu
bo’yincha oshiq suyagi tanasini oshiq
suyagining boshchasi,
caput tali, bilan
birlashtiradi. Oshiq suyagini yuqoridan va ikki
yondan boldir suyaklari vilka singari egallab
turadi. Boldir suyaklari va oshiq suyagining
orasida
boldirkaft
bo’g’imi,
artivulatio talocruralis , hosil bo’ladi. Bu bo’g’imni hosil
qilishda ishtirok etayotgan oshiq suyagining
yuqorigi yuzasi,
facies superior ossis tali, g’altak shakliga ega bo’lib – oshiq suyagining
g’altagi,
trochlea tali, deb ataladi. G’altakning
yon yuzalar esa lateral va medial to’piqlar bilan
bo’g’im hosil qilgani uchun lateral va medial
to’piq yuzlari,
facies malleolaris lateralis et facies malleolaris medialis, nomini oladi.
G’altakning
yuqorigi
yuzasi
sagittal
yo’nalishda
bo’ragan
va
ko’ndalang
yo’nalishda botiq ko’rinishiga ega.
Lateral va medial to’piq yuzalari yassi.
Lateral to’piq yuzasi oshiq suyagining lateral
o’sig’i,
processus lateralis tali, ning yuqorigi
yuzasiga
ham
tarqaladi.
Oshiq
suyagi
tanasining orqa yuzasini yuqoridan pastga,
oyoq kafti katta barmog’ini bukuvchi uzun
muskul payining egatchasi,
sulcus tendinis m. flexoris hallucis longi, kesib o’tadi. Bu egatcha
suyak orqa tanasining orqa tomonini ikkita
do’mboqcha: katta medial do’mboqcha,
tuberculum mediale, va
kichik
lateral
do’mboqcha,
tuberculum laterale, ga ajiratadi.
Egat bilan ajiralgan bu ikki do’mboqchalar
oshiq suyagining orqa o’simtasi,
processus posterior tali, ni tashkil qiladi. Oshiq suyagi
orqa o’simtasining lateral do’mboqchasi ba’zan
aloxida o’ssifikatsiyalanishi tufayli – aloxida
uchburchak suyak,
os trigonum, hosil bo’lib
qoladi.
Oshiq tanasi pastki yuzasining orqalateral
soxasida botiq orqa tovon bo’g’im yuzasi,
facies articularis posterior, joylashadi. Bu
yuzaning oldmedial qismi orqadan oldinga va
lateral holatda yo’naluvchi oshiq suyagining
egatchasi,
sulcus tali, bilan chegaralangan. bu
egatchadan oldinda va tashqarida o’rta tovon
bo’g’im yuzasi,
facies articularis calcanea media, joylashgan. Undan oldinda esa oldingi
tovon bo’g’im yuzasi,
facies articularis calcanea anterior, ko’rinib turadi.
Bu bo’g’im yuzalari orqali oshiq suyagi
o’zining pastki qismi bilan tovon suyagiga
brikadi. Oshiq suyagi boshchasining oldingi
qismida sferik shakilda qayiqsimon suyak bilan
brikuvchi – qayiqsimon bo’g’im yuzasi,
facies articularis navicularis, joylashgan.