Odam anatomiyasi


Katta boldir suyagi, tibia, o’ng



Yüklə 10,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə86/160
tarix06.09.2023
ölçüsü10,25 Mb.
#141763
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   160
ATLAS ODAM ANATOMIYASI I-TOM SINELNIKOV (O\'zbekcha)

 
186. Katta boldir suyagi, tibia, o’ng. 
(Lateral yuza.) 
187. Katta boldir suyagining proksimal 
uchi, o’ng; yuqoridan ko’rinishi 


Страница | 103
 
188. Kichik boldir suyagi, fibula, o’ng. 
A – Oldindan ko’rinishi; Б – orqadan 
ko’rinishi; B – medial yuza. 
 
189. Katta boldir va kichik bordir 
suyaklarining distal epifizlari, o’ng; 
pastdan ko’rinishi. 


Страница | 104
Bu egatning oldida, katta boldir suyagi 
medial tomonidan pastga yo’nalgan o’simta – 
medial to’piq
, malleolus medialis,
joylashgan 
bo’lib teri ostidan yaxshi seziladi. To’piqning 
lateral yuzasi to’piqning bo’g’im yuzasi, 
facies 
artticularis malleoli,
bilan band. Bu yuza 
suyakning pastki yuzasiga davom etadi va botiq 
bo’lgan katta boldirning pastki bo’g’im yuzasi,
 
facies articularis inferior tibiae, 
ni hosil qiladi 
(ras. 186). 
Kichik boldir suyagi 
Kichik boldir suyagi,
fibula
, (ras. 164, 182, 
188, 189), - ingichka va uzun suyak. U tana va 
ikki epifiz – yuqorigi va pastki, ga ega. 
Kichik boldir suyagining tanasi, corpus 
fibulae, uchqirrali, prizmatik shakilda. U 
bo’ylama o’q atrofida buralgan va orqaga 
egilgan holatda. Unda uchta yuza: lateral yuza, 
facies lateralis, medial yuza, facies medialis, va 
orqa yuza, 
facies posterior,
- hamda bu yuzalar 
uch tomon yoki qirra bilan bir biridan ajiralgan.
Oldingi tomon, 
margo anterior,
boshqa 
tomonlarga 
nisbatan 
o’tkirroq 
qirra 
ko’rinishida bo’lib lateral yuzani medial 
yuzadan ajiratib turadi; medial qirra, 
crista 
medialis,
suyakning orqa va medial yuzalari 
orasida joylashgan. Orqa va lateral yuzalar 
orasidan esa orqa tomon, 
margo posterior,
o’tadi. Tananing orqa yuzasida distal 
yo’nalishda joylashgan oziqlantiruvchi kanal, 
canalis 
nutricius,
ga 
olib 
kiruvchi 
oziqlanturuvchi teshik, 
canalis nutricum,
joylashgan. 
Suyakning 
medial 
yuzasida 
suyaklararo qirg’oq, 
margo 
interosseus,
joylashgan. 
Kichik boldir suyagining yuqorigi, proksimal 
epifizi, 
epiphyziz proximalis fibulae
, kichik 
boldir suyagining boshchasi, 
caput fibulae
, ni 
hosil qiladi va bu boshchada katta boldir suyagi 
bilan brikishga mo’ljallangan bo’g’im yuzasi, 
facies articularis capitis fibulae,
joylashgan. 
Boshchaning yuqorigi tomni o’tkirlashgan 
bo’lib – bu boshchaning cho’qqisi, 
apex capitis 
fibulae,
deb ataladi. Boshch tanadan kichik 
boldir suyagining bo’yinchasi, 
collum fibulae,
bilan ajiralib turadi. 
Kichik boldir suyagining pastki, distal 
epifizi, 
epiphysis distalis fibulae,
lateral to’piq, 
malleolus lateralis,
ni hosil qiladi. To’piqning 
tashqi yizasi teri ostidan yaxsh paypaslanadi. 
To’piqning medial yuzasida bo’g’im yuzasi, 
facies articularis malleoli,
mavjud bo’lib u 
orqali oshiq suyagining tashqi yuzasi bilan 
bo’g’im hosil qiladi. Bu yuzadan teparoqda esa 
notekkis ko’rinishda yuza bo’lib – bu yuza 
orqali kichik boldir suyagi katta boldir 
suyagining kichik boldir o’ymasiga brikadi. 
Lateral to’piqning orqa yuzasida chuqur
bo’lmagan to’piq egatchasi, 
sulcus malleolaris,
joylashgan bo’lib – bu egatchadan kichik boldir 
muskulining payi o’tadi. 

Yüklə 10,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin