Odam anatomiyasi



Yüklə 10,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə87/160
tarix06.09.2023
ölçüsü10,25 Mb.
#141763
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   160
ATLAS ODAM ANATOMIYASI I-TOM SINELNIKOV (O\'zbekcha)

 
Kaftoldi suyaklari 
Kaftoldi suyaklari, 
ossa tarsi
(ras 164, 190 – 
194), ikki qator bo’lib joylashgan: proksimal 
qismdagilarga oshiq va tovon suyagi, distal 
qismdagilarga esa – qayiqsimon, kubsimon va 
uchta ponasimon suyaklar kiradi. Kaftoldi 
suyaklarining proksimal qatori boldir suyaklari 
bilan brikadi; suyaklarning distal qatori esa 
oyoq kafti suyaklari bilan brikadi. 
 
Oshiq suyagi 
 
Oshiq suyagi,
talus
, (ras. 195), - boldir 
suyaklari bilan brikuvchi yagona kaftoldi 
suyagi xisoblanadi. Uning orqa qismi – oshiq 
suyagining tanasi, 
corpus tali,
dir. Tana oldinga 
borgan sari ingichkalashib – oshiq suyagining 
bo’yinchasi,
collum tali, 
ga o’tadi va bu 
bo’yincha oshiq suyagi tanasini oshiq 
suyagining boshchasi, 
caput tali,
bilan 
birlashtiradi. Oshiq suyagini yuqoridan va ikki 
yondan boldir suyaklari vilka singari egallab 
turadi. Boldir suyaklari va oshiq suyagining 
orasida 
boldirkaft 
bo’g’imi, 
artivulatio 
talocruralis
, hosil bo’ladi. Bu bo’g’imni hosil 
qilishda ishtirok etayotgan oshiq suyagining 
yuqorigi yuzasi, 
facies superior ossis tali,
g’altak shakliga ega bo’lib – oshiq suyagining 
g’altagi, 
trochlea tali,
deb ataladi. G’altakning 
yon yuzalar esa lateral va medial to’piqlar bilan 
bo’g’im hosil qilgani uchun lateral va medial 
to’piq yuzlari, 
facies malleolaris lateralis et 
facies malleolaris medialis,
nomini oladi. 
G’altakning 
yuqorigi 
yuzasi 
sagittal 
yo’nalishda 
bo’ragan 
va 
ko’ndalang 
yo’nalishda botiq ko’rinishiga ega.
Lateral va medial to’piq yuzalari yassi. 
Lateral to’piq yuzasi oshiq suyagining lateral 
o’sig’i, 
processus lateralis tali,
ning yuqorigi 
yuzasiga 
ham 
tarqaladi. 
Oshiq 
suyagi 
tanasining orqa yuzasini yuqoridan pastga, 
oyoq kafti katta barmog’ini bukuvchi uzun 
muskul payining egatchasi, 
sulcus tendinis m. 
flexoris hallucis longi,
kesib o’tadi. Bu egatcha 
suyak orqa tanasining orqa tomonini ikkita 
do’mboqcha: katta medial do’mboqcha, 
tuberculum 
mediale,
va 
kichik 
lateral 
do’mboqcha, 
tuberculum laterale,
ga ajiratadi. 
Egat bilan ajiralgan bu ikki do’mboqchalar 
oshiq suyagining orqa o’simtasi, 
processus 
posterior tali, 
ni tashkil qiladi. Oshiq suyagi 
orqa o’simtasining lateral do’mboqchasi ba’zan 
aloxida o’ssifikatsiyalanishi tufayli – aloxida
uchburchak suyak, 
os trigonum,
hosil bo’lib 
qoladi. 
Oshiq tanasi pastki yuzasining orqalateral 
soxasida botiq orqa tovon bo’g’im yuzasi, 
facies articularis posterior,
joylashadi. Bu 
yuzaning oldmedial qismi orqadan oldinga va 
lateral holatda yo’naluvchi oshiq suyagining 
egatchasi, 
sulcus tali,
bilan chegaralangan. bu 
egatchadan oldinda va tashqarida o’rta tovon 
bo’g’im yuzasi, 
facies articularis calcanea 
media, 
joylashgan. Undan oldinda esa oldingi 
tovon bo’g’im yuzasi, 
facies articularis 
calcanea anterior,
ko’rinib turadi.
Bu bo’g’im yuzalari orqali oshiq suyagi 
o’zining pastki qismi bilan tovon suyagiga 
brikadi. Oshiq suyagi boshchasining oldingi 
qismida sferik shakilda qayiqsimon suyak bilan 
brikuvchi – qayiqsimon bo’g’im yuzasi, 
facies 
articularis navicularis,
joylashgan. 

Yüklə 10,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin