Transkripsiya
- nukleotidlar tartibi
shaklida yozilgan axborotni
DNKdan i-RNKga ko‘chirilishi.
Translyatsiya
- nukleotidlar tilidan aminokislotalar tartibi oqsil
tiliga tarjima qilinishi.
Translokatsiya
- xromosoma qismlarini nogomologik xromoso-
malarga qo‘shilib qolishi.
Trisomiya
- diploid kariotipli organizmga qo‘shimcha xromoso-
maning o‘tib qolishi. Natijada uchta xromosomali kariotip hosil bo‘ladi.
Triploid
- uch xromosomali hujayra.
Fenotip
- organizm xususiyati va belgilarining majmuasi.
Fenokopiya
- ba’zi genotiplarga bog‘liq bo‘lgan belgilaming
taraqqiyot jarayonida tashqi omillaming ta’sirida o‘zgarishi
bilan
boshqa genotip yoki uning ayrim elementlari uchun xarakterli boigan
belgilaming yuzaga chiqishi.
Ferment
- biokimyoviy jarayonlaming yo‘nalishiga
katalitik
ta’sir qiladigan oqsil modda (biokatalizator).
Fertil
- urug‘lanishga layoqatli.
Fetoskopiya
- tolali optik asbob yordamida homilani tekshirish.
Fetoterapiya
- embrionni homila davrida davolash.
Filogenez
- organizmlar dunyosi va uning alohida guruhlarining
tarixiy rivojlanishi.
Xromatin
- hujayra yadrosining asosiy
qismini tashkil etuv-
chi nukleoproteinlarga taalluqli va asosli bo‘yoqlar bilan yaxshi
bo‘yaluvchi modda. Atamani 1880-yili fanga V. Flemming kiritgan.
Xromomerlar
- ayrim qismlaming
buralishi hisobiga hosil
bo‘lgan DNKning zich spirallashgan bo‘laklari, ular yadro bo‘yoqlari
bilan yaxshi bo‘yaladi. Atamani 1896-yili Vilson kiritgan.
Dostları ilə paylaş: