SO‘Z BOSHI
Ushbu darslik - pedagogika oliy o‘quv yurtlarining defektologiya
yo‘nalishi talabalari uchun yozilgan. 0 ‘quv reja bo‘yicha Odam ge-
netikasi predmeti 1-semestrda o‘tiladi, chunki bu yo‘nalish talabalari
mutaxassis predmetlari uchun zarur
boigan irsiy kasalliklaming
kelib chiqish sabablari, patologiyasi, irsiyat
sababli insonlarda vujud-
ga keladigan aqliy qoloqlik va jismoniy rivojlanish nuqsonlari kabi
maiumotlardan xabardor boiishlari lozim. Qolaversa genetik jihat
dan savodxon boiish respublikada yashayotgan har bir inson o‘z
sogiigini saqlashi, buning uchun ekologik
toza muhitda yashashga
intilishi, atrofdagi mutagen omillar ta’siridan o‘zini himoya qilishi,
o‘z shajarasini tuzganda qaysi irsiy kasalliklarga,
qanday dorilarga
moyilligini aniqlashi, qarindoshlar orasidagi nikohlanishda ruhiy
va jismoniy kamchilikli farzandlaming tugilish
sabablarini bilishi
uchun zarurdir. Darslikni yozishda mualliflar xorijiy tillarda nashr
qilingan adabiyotlardan mahalliy sharoitni e’tiborga olgan holda foy-
dalanganlar. Darslikda odam genetikasi fani
rivojlanishining keyingi
yutuqlari qamrab olingan. Darslik o‘zbek tilida birinchi marotaba
nashr qilinayotganligi uchun ayrim kamchiliklar uchrashi mumkin.
Darslik haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirganlarga mualliflar ja-
moasi cheksiz minnatdochilik bildiradilar.
3