2-Mavzu: Mitoz va meyoz bo‘yicha masalalar yechish metodikasi.
Reja:
1. Mitoz va meyoz bo‘linishi haqida.
2. Mitoz va meyozbo‘linishdagi xromosoma(n) va DNK(xromatid c)
nabori (to‘plami).
3. Mitoz va meyoz bo‘yicha masalalar yechish metodikasi.
Eukariot hujayralar asosan ikki hil usulda ko‘payadi: 1-mitoz
somatik
hujayralarning bo‘linishi, 2-meyoz jinsiy hujayralaming bo‘linish usuli. Eukariot
hujayralar asosan mitoz usulida bo‘linadi.
Mitoz natijasida hujayralaming soni ortadi, organizm o‘sadi, nobud bo‘lgan
hujayralami o‘mi tiklanadi. Mitoz natijasida hosil bo‘lgan har bir yangi hujayra bir
xil xromosoma to‘plami va bir xil genlarga ega. Mitoz bo‘linish genetik materialni
yangi hujayralarda bir xil taqsimlanishi bilan tavsiflanadi.
Mitoz natijasida hosil
bo‘lgan ikkala yangi hujayra diploid to‘plamga ega bo‘ladi. Mitoz bo‘linishsiz ko‘p
hujayrali organizmlarning to‘qima va organlaridagi ko‘p sonli hujayralaming
tuzilishi
va funksiyasining doimiyligini, irsiy materialning bir xil bo‘lishini
ta’minlashning iloji bo‘lmas edi.
Jinsiy usulda ko‘payadigan organizmlarda o‘ziga xos bo‘linish usuli meyoz
kuzatiladi. Meyoz natijasida xromosomalarning diploid to‘plamiga ega bo‘lgan
hujayralardan gaploid to‘plamli jinsiy hujayralar hosil bo‘ladi. Meyoz jinsiy
hujayralaming rivojlanishi (gemetogenez) jarayonida kechadi.
Meyoz ketma-ket
keladigan ikki, ya’ni birinchi va ikkinchi meyoz bo‘linishlaridan iborat. Ulami farq
qilish maqsadida birinchi bo‘linish fazalari oldiga I, ikkinchibo‘linish fazalari
oldiga II raqami yoziladi. Meyoz o‘simliklar gulida, hayvonlarda jinsiy bezlarda
kuzatiladi. Meyozda gomologik xromosomalarning juda ko‘p xilma-xil variantlari
amalga oshadi. Meyoz tufayli avlodlar almashinuvi
davomida xromosomalar
soniningdoimiyligi o‘zgarmaydi. Agar gametogenezda xromosomalar soni
kamaymaganda, har bir yangi avlodda xromosomalarning
soni tinmasdan ikki
hissadan ortib boraverar, xromosomalar sonining doimiyligi buzilar edi.
Meyozda xromosomalarning juda ko‘p xilma-xil kombinasiyalar hosil
bo‘ladi. Ota yoki ona xromosomalari meyozda har
xil gametalarga tarqalishi
natijasida xromosomalarning yangi to‘plami hosil bo‘ladi. Xromosomalarning
konyugasiyalanishi, o‘xshash qismlari bilan almashinishi
irsiy axborotning yangi
to‘plami hosil bo‘lishi va irsiy o‘zgaruvchanlikka sabab bo‘ladi. Irsiy
o‘zgaruvchanlikorganizmlar evolutsiyasining asosiy omillaridan biridir. Ba’zi
holatlarda meyoz jarayonida xromosomalarning gametalarga taqsimlanishi buziladi.