Odam genetikasi



Yüklə 40 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/140
tarix07.01.2024
ölçüsü40 Kb.
#209269
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   140
Odam genetikasi S- Fayzullayv Tosh- 2018

«fashistlari» 
tomonidan yevgenika oqimi niqobi ostida o‘tkazilgan 
«irqchilik gigiyenasi» 
butun dunyo jamiyati oldida yevgenika 
oqimining inqirozga uchrashiga sababchi boidi.
Shunday qilib, dastlabki vaqtlarda odam irsiyatini o‘rganish va bu 
sohada olib borilgan tadqiqotlar biror-bir nazariy qoidalarga asoslan- 
madi. Faqat XX asr boshlarida ingliz tibbiyot olimi Gerrod Mendel­
ning irsiyat qonunlari bilan tanishgach, modda almashish bilan aloqa­
dor ba’zi belgi-xossalaming irsiylanishi mana shu qonunlar zaminida 
ro‘y berishini qayd etdi. Masalan, alkaptonuriyaga yoiiqqan odam- 
laming farzandlari yaqin qarindoshlariga uylansalar yoki turmushga 
chiqsalar, ular naslida oz sonda shunday xastalikka chalingan bola­
lar tug‘ilishi aniqlandi. Keyinchalik Landshteyner odamlar qonini 
tekshirib, ularda A,V,0 guruhlari borligini m aium qildi. Dungem 
va Girshfeld odamdagi qon guruhlari Mendel kashf qilgan qonunlar 
bo‘yicha irsiylanishini aniqladilar.
1924-yili Bershteyn tadqiqotlari qonning A,V,0 guruhlari ko‘p 
allellar tomonidan nazorat qilinishini ko‘rsatdi. Odam xromosoma­
lari tuzilishini o‘rganishda A.P.Prokofeva-Belgovskayaning xizmati 
muhimdir.
Odam genetikasi bo‘yicha keyingi yillarda 0 ‘zbekistonda bir 
qancha ishlar amalga oshirildi. Xususan, Ye.X.To‘raqulov va uning 
shogirdlari tomonidan irsiy kasalliklar rivojlanishining biokimyoviy 
mexanizmlari o'Tganildi. Akademiklarimizdan J.X.Xamidov va
6


A.A.Abdukarimovlar tireoid gormonlar ta’sirining genetik me- 
xanizmlarini o‘rganishga o‘zlarining katta hissalarini qo‘shdilar. 
Akademik N.M.Majidov va professor Sh.Shomansurovlar asab kasal- 
liklarining kelib chiqishida irsiy omillar rolini o‘rgandilar.
Markaziy Osiyo respublikalarida, birinchi marta Toshkent tibbi­
yot institutida 1971-yili J.X.Xamidov, prof. A.T.Oqilov rahbarligida 
irsiy kasalliklaming tarqalishining oldini olish maqsadida tibbiyot 
genetikasi bo‘limi ochildi. Hozirgi paytda Toshkentdagi akusherlik 
va ginekologiya ilmiy-tadqiqot institutida hamda tibbiyot institut- 
larida, yirik poliklinikalar qoshida tibbiyot genetikasi laboratoriyalari 
ochilgan bo‘lib, ularda nikohlanuvchi yoshlarga, irsiy kasalliklari bor 
odamlarga amaliy yordam ko‘rsatiladi. Genetik injeneriya va bio- 
texnologiya usullarining odam genetikasida keng qo‘llanilishi tufayli 
irsiy kasalliklarga tashxis qo‘yish, davolash va oldini olish imkoni- 
yatlari paydo boidi.

Yüklə 40 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin