Odam genetikasi


Odam genetikasining nazariy va amaliy ahamiyati



Yüklə 40 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/140
tarix07.01.2024
ölçüsü40 Kb.
#209269
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   140
Odam genetikasi S- Fayzullayv Tosh- 2018

1.4. Odam genetikasining nazariy va amaliy ahamiyati. 
Odam 
tana tuzilishining anatomik, morfologik tuzilishini, unda boradigan fizio- 
logik, biokimyoviy jarayonlaming genetik asoslarini o‘rganish, juda 
muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega masaladir. Shaxsning shakl­
lanishida irsiyat va muhitning rolini aniqlash, odamlar populyatsiyasida 
u yoki bu irsiy belgining tarqalish darajasini belgilash, odam irsiyatini 
tashqi muhit — xususan fizikaviy, kimyoviy, biologik va boshqa omillar- 
ning zararli ta’sirlaridan himoya qilish, irsiy kasallik kelib chiqishining 
genetik sabablarini tadqiq qilish odam genetikasining insoniyat uchun 
nihoyatda muhim muammolarini yechishda qatnashishini ko‘rsatadi. Bu- 
laming hammasi organik olam tarixiy taraqqiyotining mo‘jizasi boigan 
inson organizmining biologiyasini tushunishga yordam beradi. Mazkur 
nazariy muammolarning hal etilishi odamlar umrining uzayishi, turli ir­
siy kasalliklaming oldini olish, ulami bartaraf qilish tadbirlarini ishlab 
chiqish, ham jismonan, ham ruhan rivojlangan barkamol avlodni voyaga 
yetkazishni genetik jihatdan hal etish imkoniyatini beradi.
Binobarin, odam genetikasini o‘rganish ham nazariy, ham amaliy 
ahamiyatga ega. Shu sababli ham jamiyatda yashayotgan har bir in­
son odamdagi irsiyat va о‘zgaruvchanlik qonuniyatlaridan boxabar 
boim og‘i zamon taqozosidir.
1.5. Odam genetik obyekt sifatida. 
Genetika fanida asosiy irsi­
yat va o‘zgaruvchanlik qonunlari no‘xat, drozofila meva pashshasi, 
neytrospora, ichak tayoqchasi bakteriyalarida ixtiro qilingan.


0 ‘simlik, hayvon va mikroorganizmlarda istalgan genetik tad- 
qiqotlami olib borish mumkin. Biroq o‘simlik, hayvon va mikroorga­
nizmlarda qoilanadigan genetik metodlaming barchasini odamlarda 
qo‘llab bo‘lmaydi. Bunga asosiy sabab, odam faqat biologik rivojla- 
nishnigina emas, balki ijtimoiy omillar mahsuli hamdir. Shu sababli 
odamdagi irsiyat va o‘zgaruvchanlikni o‘rganishda bir qancha qiyin- 
chiliklar uchraydi. Bu qiyinchiliklarga to‘xtalib o‘tamiz.
Odatda genetik tadqiqotlami o‘tkazish uchun tanlangan organizm- 
lar hayvonlarda irsiy jihatdan sof bo‘lishi kerak. Genetik jihatdan 
sof organizmlar o‘simlik va hayvonlarda inbriding yo ii bilan oli- 
nadi, ya’ni bir ota-onaning erkak va urg‘ochi individlari o‘zaro cha- 
tishtirilib, ulaming nasli bir necha avlodlarda o‘rganiladi. Odamlarda 
bir ota-onaning o‘g‘illari begona oilaning qizlariga uylansalar, qizlari 
begona oilaning o‘g‘illariga turmushga chiqadilar. Bu esa odam irsi- 
yatining sof holda gomozigota boiishini cheklab qo‘yadi. Binobarin, 

Yüklə 40 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin