Odam genetikasi


«Taxmin qiluvchi irsiy kasal­



Yüklə 40 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/140
tarix07.01.2024
ölçüsü40 Kb.
#209269
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   140
Odam genetikasi S- Fayzullayv Tosh- 2018

«Taxmin qiluvchi irsiy kasal­
lik xossalari to‘g‘risida» 
deb nomlangan asarida odamlarda yashi- 
rin holda tug‘ma kasallik omillari mavjud, ular yaqin qarindoshlar 
nikohida ro‘yobga chiqadi, lekin ular tug‘ilganda birdaniga emas, ke- 
yinchalik paydo bo‘lishi mumkin, bunda muhit omillarining ma’lum 
darajada roli bor, degan. Uning fikricha irsiy kasalliklarga duchor 
bo‘lgan shaxslaming urchishi pasaygan holatda boigani sababli bun­
day kasalliklar keyingi avlodlarda yo‘qolishi mumkin.
1820-yili nemis olimi Nasse qon ivimaslik - gemofiliya kasalligi 
erkaklar orqali kelgusi avlodlarga berilishini ma’lum qilgan.
Ingliz olimi Galton 
«Iste’dod va fe’l-atvorni irsiylanishi»
(1865) va 
«Iste’dod irsiylanishi» 
(1869) nomli asarida mashhur 
odamlar shajarasini o‘rganib, ham ruhiy holat, ham jismoniy ri­
vojlanish irsiylanadi, degan xulosaga keldi. U belgi-xossalaming 
irsiylanishida ota-ona organizmlarining teng qimmatga ega ekan­
ligini e ’tirof etdi. Olim fikriga ko‘ra faqat qobiliyat, iste’dodgina 
emas, balki boshqa ruhiy, biologik xossalar, chunonchi spirtli 
ichimliklarga, darbadar hayot kechirishga moyillik, sil, yurak xas- 
taliklari, uzoq yashashlik, hatto axloq, xudojo‘ylik ham nasldan- 
naslga beriladi. Galton odam rivojlanishida irsiyatning roli muhim- 
ligini isbotlab, fanga egizaklar metodikasini joriy etgan. Olim 
tabiiy tanlanish haqidagi Charlz Darvin ta’limotini odamzodga 
tatbiq etish y o ii bilan jamiyatda iste’dodli, qobiliyatli shaxslarni 
ko‘paytirishni taklif etdi. Bu bilan odam genetikasida g‘ayriilmiy 
nazariya hisoblangan yevgenika oqimiga asos soldi. Galton yevge- 
nika tushunchasi ostida «odamlar avlodini yaxshilash» ta’limotini 
ilgari surdi. U yevgenikani uch bosqichda olib borishni tavsiya 
etdi.
Birinchi bosqichda odam irsiyati o‘rganilib, har bir odam o‘z 
irsiyati haqida to‘liq ma’lumotga ega boiishi lozim.
Ikkinchi bosqichda odam irsiyati haqidagi maiumotlarga 
asos-lanib insonlaming jismoniy va ruhiy faoliyatini yaxshilashga
5


yo‘naltirilgan nikohlami amaliyotga joriy etish inson nasliga zi- 
yon keltiruvchi nikohlarga to‘sqinlik qiluvchi qonunlami yaratishni 
ko‘zda tutish.
• 
Uchinchi bosqichda odamlar irsiyat haqida to‘liq ma’lu- 
motlarga ega boiganlaridan so‘ng jamiyatda yaxshi avlodni vujudga 
keltiruvchi nikohlar o‘z-o‘zidan sodir bo‘ladi, deydi.
Dastlab yevgenika oqimi barcha mamlakatlarda shiddat bilan ri­
vojlanadi. Lekin 1930-40-yillarda yevgenika oqimining 
«negativ»
holatlari namoyon bo‘la boshladi. Yevgenikani targ‘ib qilish bilan 
bog‘liq holda bir irq yoki millatni boshqalari ustidan hukmron boiish 
g‘oyasi yoki irqlami, millatlami tabaqalarga ajratish kabi g‘ayri- 
ilmiy nazariyalar paydo boidi. Chunonchi shu yillarda Germaniya 

Yüklə 40 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin