kasalliklari molekulyar
kasalliklar deb ham ataladi, bu bilan DNK
molekulasi darajasidagi buzilishlar mavjudligi ta ’kidlanadi. Bunday
kasalliklar fenotipik namoyon bo‘lishiga qarab nuklein kislotalar, ug-
levodlar, lipidlar, minerallar almashinishi buzilishlari va hokazo gu-
ruhlarga ajratiladi.
X rom osom a kasalliklari uchun xrom osom alar strukturasi
o ‘zgarishi xarakterlidir. Bu holatlarda ham o ‘zgarishlar autoso-
m alarda yoki
geterosom alarda kuzatilib, deleksiyalar, inversiya-
lar, duplikatsiyalar va translokatsiyalar sifatida nam oyon b o ‘lishi
m um kin. Tibbiy genetikada bu guruhga xrom osom alar sonining
o ‘zgarishi natijasida kelib chiqadigan kasalliklar ham kiritiladi.
B unda biz «kasalliklar» so ‘zini shartli m a ’noda ishlatilishini unut-
m asligim iz kerak, chunki xrom osom a kasalliklarining kechishi
«kasallik» tushunchasiga unchalik to ‘g ‘ri kelm aydi, shuning uchun
ham tibbiy genetikada k o ‘proq «xrom asom a sindrom lari»
tushun-
chasi ishlatiladi. Yuqorida ta ’kidlab o ‘tganim izday genom k asal
liklari xrom osom alar sonining o ‘zgarishi natijasida kelib chiqadi.
B unda xrom osom alar sonining o ‘zgarishi gaploid to ‘plam ining
butunligicha ortishi (poliploidiya) yoki ayrim xrom osom alar so
nining ortishi yoki kam ayishi (aneuploidiya, geteroploidiya) hola-
tida kuzatilishi mum kin.
H ar xil m utatsiyalarning odam uchun ahamiyati «m utatsion
о ‘zgaruvchanlik» b o ‘limida berilgan. Irsiy kasalliklam i gen va xro-
m osom kasalliklari gum hlariga ajratish quyidagi sabablarga k o ‘ra
qulaydir. Gen kasalliklari bitta genning mutatsiyasi natijasida kelib
chiqib, ayrim ferment kam chiligining tor simptomatikasini nam o
yon qiladi va bu kasalliklar avloddan-avlodga o ‘tkaziladi. X rom o
som alar aberratsiyalari yoki sonining o ‘zgarishi natijasida kelib
chiqadigan xrom osom a kasalliklari esa ota-onalarda kuzatilm asdan,
ulam ing bolalarida murakkab rivojlanish buzilishlari komplcksi si
fatida nam oyon b o ‘ladi.
Irsiylanish tipiga qarab gen kasalliklari:
a) autosoma-dominant;
b)
autosoma-rctsessiv;
d) jinsga bog‘langan kasalliklar guruhlariga ajratiladi.
130
Xromosoma va genom mutatsiyalarida bemorda kasallikning
to ‘liq shakli (mutatsiyalar gametalarda b o‘lganda) yoki mozaik shakli
(mutatsiyalar zigota maydalanishining ilk bosqichlarida kelib chiqqa-
nida) kuzatilishi mumkin. Ayrim holatlarda irsiy kasalliklaming
klinik klassifikatsiyasi ham qo‘llaniladi. Klinik klassifikatsiya a’zo va
sistema prinsipiga asoslangan masalan: quloq, tomoq, burun kasal
liklari, nerv sistemasi, teri kasalliklari va hokazo. Lekin bunday klas
sifikatsiya shartli boMishligini unutmaslik kerak, chunki aynan bir xil
kasallik birlamchi namoyon bo‘lishiga qarab har xil guruhlarga kiriti-
lishi mumkin, agar a w a l terida dog‘lar yoki tugunehalar paydo bo ‘lsa
neyrofibromatoz bilan kasallangan shaxs teri kasalliklari klinikasida,
agar unda miya o ‘simtasi paydo b o ‘lsa, neyroxirurgiya klinikasida
davolanishi mumkin.
Shunday qilib, neyrofibromatoz irsiy kasalligi
teri kasalliklari guruhiga ham, asab sistemasi kasalliklari guruhiga
ham kiritilishi mumkin. Undan tashqari irsiy kasalliklarda bir vara-
kayiga bir qancha sistemalarda o‘zgarishlar namoyon bo‘ladi. Shuning
uchun ham irsiy kasalliklaming genetik klassifikatsiyasi
qulaydir va
asosan shu klassifikatsiyadan foydalaniladi.
1. Gen kasalliklari - gen mutatsiyalari natijasida kelib chiqib, av
loddan-avlodga beriladi va G. Mendel qonunlari asosida irsiylanadi.
2. Xromosom kasalliklari - xromosom va genom mutatsiyalari
natijasida kelib chiqadi, xromosoma strukturasining o ‘zgarishi bilan
sodir bo‘ladi.
3. Multifaktorial kasalliklar - ko‘p omilli kasalliklar deyilib, ular-
ning rivojlanishida ham genetik, ham muhit omili rol o ‘ynaydi. Kasal-
likka irsiy moyillik faqat qo‘zg ‘atuvchi muhit omillari ta’siridagina
yuzaga chiqishi mumkin.
4. Somatik irsiy kasalliklar - somatik
hujayralardagi mutatsiyalar
natijasida kelib chiqadi. Ularga ayrim o ‘smalar, tug‘ma rivojlanish
poroklari, autoimmun kasalliklar kiradi.
5. Ona va bolaning bir-biriga mos kelmasligi natijasida kelib chi
qadigan kasalliklar. Bu kasalliklar organizmlardagi (ona va boladagi
antigenlar ta’sirida) immunologik reaksiyalar natijasida kelib chiqadi.
Dostları ilə paylaş: