Gen kasalliklarining asosiy xususiyatlari nimada?
1. Gen kasalliklari odam rivojlanishining har xil davrlarida yuzaga
chiqishi mumkin. Ayrimlari organizmning
embrional davrida paydo
bo ‘lsa (karlik, ko ‘rlik, gemofiliya), boshqalari postembrional davrida
vujudga keladi, k o ‘proq bolalik davrida (Fridreyx ataksiyasi, fenilke-
tonuriya). Juda kam hollarda esa 40 yoshlardan keyin (Gentington
xoreyasi) yoki qarilikda yuzaga chiqadi (Podagra, Parkinson).
2. K o‘pgina gen kasalliklarining rivojlanishi va kelib chiqishiga
tashqi muhit omillari qo‘z g ‘atuvchi bo‘lib ta’sir qiladi.
Bunda bir gen
emas balki bir necha genning o ‘zgarishi tufayli yuzaga chiqadi va
poligen kasalliklar (multifaktorial, y a’ni ko ‘p omilli) deb nomlanadi.
Ushbu kasalliklaming ko ‘p qismi nerv sistemasining buzilishi bilan
rivojlanib boradi.
3. M onogen kasalliklar (monofaktorial, y a ’ni bir omilli) bitta
genning o ‘zgarishi tufayli kelib chiqadi va G.Mendel qonunlari aso-
sida irsiylanadi. Boshqa guruh kasalliklariga nisbatan monogen kasal
liklar yaxshi o ‘rganilgandir.
4. Gen kasalliklari hosil b o ‘lishiga
qarab gen, molekula, hujayra,
organ va organizm darajasida b o ‘ladi. Gen kasalliklarini ham alohida
yagona klassifikatsiyasi y o ‘qdir. Ular mutagen omillami ta ’siriga qa
rab aniqlanadi. Qaysi bir moddalar almashinuvi buzilganligiga qarab
bir necha guruhdagi gen kasalliklari farq qilinadi. Uglevodlar alm a
shinuvi, aminokislotalar, lipidlar, sirkulyatsiyadagi oqsillar buzilishi-
dan kelib chiqadigan (gemoglobinopatiya,
oqsillar strukturasining
buzilishi va boshqa) irsiy kasalliklar.
Ushbu kasalliklam ing k o ‘pchiligida aqliy qoloqlik 7-10% gacha
b o ‘ladi. Bu bilan birga juda k o ‘p somatik o ‘zgarishlami ko ‘ramiz.
M asalan: ko ‘z gavharining xiralashishi, teri o ‘zgarishlari, tomirlar
o ‘zgarishi
yoki tromboz, jig ar kasalliklari, o ‘ziga xos yuz tuzilishlari
va tana o ‘zgarishlarini kuzatish mumkin. Nevrologik o ‘zgarishlarga:
nerv-m ushaklam ing o ‘ta q o ‘z g ‘aluvchan b o ‘lib qolishini (spazmlar),
talvasaga moyillik va tetaniya holatlarini olsak b o ia d i. Ayniqsa bo
lalarda rivojlanishdan orqada qolish holatlari injiqlik, agressivlik, hara-
katning buzilishi bilan kechadi. Kasallik retsessiv tipda irsiylanganligi
sababli geterozigotali organizmlarda bunday o ‘zgarishlar kuzatilmay-
146
di. Kasallik bilan tug‘ilgan bolalami davolash chaqaloqlik davridan
boshlansa yaxshi natija beradi. Buning uchun bolalar qoni bioximi-
yaviy tekshiriladi va skrining usulida (irsiy kasalliklami erta aniqlash
maqsadida olib boriladigan profilaktika usuli) tashxis qo‘yiladi.
Dostları ilə paylaş: