4-rasm. Dizigota egizaklar.
Dizigota egizaklar oilada turli vaqtda tug‘ilgan
aka-uka opa-sin-
gillar kabi bir-birlaridan birmuncha farq qiladilar. Ulamig oiladagi
boshqa farzandlardan farqi homiladorlik va tug‘ilgandan keyin bir xil
muhit omillari ta’sirida rivojlanishidir. Dizigota bir xil jinsli yoki har
xil jinsli bo‘lishi mumkin
(4-rasm).
Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, turli xil
odamlar populyatsiyalarida
egizaklaming tug‘ilishi bir foizga yaqin boiib, uning uchdan bir qismi
monozigotadir, uchdan ikki qismi dizigota egizaklarga to‘g‘ri keladi.
Belgi-xossalaming irsiylanishini o‘rganishda egizaklar metodidan
foydalanishni dastlab 1816-yili F.Galton boshlab bergan. Keyinchalik
bu metod Pol va Simens tomonidan takomillashtirilgan.
Genetik tadqiqotlarda mazkur metodni qoilash egizaklaming
monozigota yoki dizigotaligini (agar ular bir jinsli boisa)
aniqlash-
dan boshlanadi.
Egizaklaming monozigotali yoki dizigotali ekanligini aniqlashda
reaksiya normasi ham, monogen y o i bilan irsiylanadigan belgi-xos
salar, chunonchi qosh, burun, quloq suprasi, soch shakllari, teri, ko‘z,
soch ranglarini egizaklarda qanchalik o‘xshash
ekanligi ahamiyatli
hisoblanadi. Bunday polisimptom (yunoncha poly - ko‘p, sumptomo -
belgilar bo‘yicha o‘xshashlik) metodni 1924-yil Simens joriy etgan.
15
Yuqorida qayd etilgan belgilar bo‘yicha o‘zaro o‘xshashlar
monozigota egizaklar, o‘xshash bo‘lmaganlari
esa dizigota egizaklar
sanaladi.
Egizaklar juftini saralash ham katta ahamiyatga ega. Genetik tad-
qiqotlarda o‘rganilayotgan belgi-xossalar bo‘yicha
egizaklar juftida
o‘zaro konkordantlik (lotincha concordare - o‘xshashlik) va bir-
biridan farq qilish diskordantlikni (lotincha discordare - o‘xshashlik)
belgilash nihoyatda muhimdir. Har ikki juft egizaklarda konkordant
lik koeffitsientini aniqlash
S
К = -------------
S + D
formulasi yordamida amalga oshiriladi.
Bunda К - belgining irsiylanish koeffitsienti. U foizlar orqali ifodala-
nadi. S -
konkordant juftlar soni, D - diskordant juftlar sonini bildiradi.
Agar belgining irsiylanish koeffitsienti monozigota egizaklarda
yuqori, dizigota egizaklarda past bo‘lsa,
u holda belgini irsiylani-
shida irsiy omillar ustunlik qilganligini, mabodo «К» monozigota
va dizigota egizaklarda yaqin bo‘lsa, unda
belgining rivojlanishida
tashqi muhit omillari ustunlik qilgan, degan xulosaga kelinadi.
Dostları ilə paylaş: