Odam genetikasi


  Odam genetikasining tadqiqot metodlari



Yüklə 40 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/140
tarix07.01.2024
ölçüsü40 Kb.
#209269
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   140
Odam genetikasi S- Fayzullayv Tosh- 2018

1.6. 
Odam genetikasining tadqiqot metodlari. 
Odamning irsi­
yati va o‘zgaruvchanligini o‘rganishda bir qancha metodlardan foy- 
dalaniladi. Ana shunday metodlar qatoriga geneologik, egizaklar, si- 
togenetik, biokimyoviy, dermotoglifika va boshqa shu singari metod­
lar kiradi. Siz ulaming ba’zi birlari bilan tubanda tanishasiz.
Geneologik metod.
Bu metod dastlab F.Galton tadqiqotlarida 
qo‘llanilgan. Geneologiya yunoncha -
«geneologiya» 
so‘zidan 
olinib, shajara degan ma’noni anglatadi. Geneologiya genetik 
metod sifatida, odamning shajarasida biror belgi-xossaning av- 
lodlarda irsiylanishini tadqiq qilishga asoslangan. Geneologik 
metoddan foydalanish uch bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi 
bosqich proband (nemischa provand - shajaradagi boshlang‘ich 
shaxs) va uning oilasi, qarindoshlaridagi u yoki bu belgi-xossa­
ning borligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plashdan boshlanadi. 
Bunday ma’lumotlar proband, uning oila a ’zolari, qarindosh- 
larida o‘rganilmoqchi bo‘lgan belgining irsiylanishini bilishga 
oid kuzatish, suhbat, anketa savollariga yozma javob olish orqali
10


to‘planadi. Har millatda piru badavlat oilalar, ya’ni chol-kampir
ulaming farzandlari, nevaralari, chevaralari, evaralari bor boigan 
oilalar topiladi. Qo‘yilgan genetik maqsadga qarab ana shunday 
oila a ’zolari bilan suhbat o ‘tkazish, anketa savollariga javob olish, 
kuzatish, ya’ni proband, uning ota-onasi, buvisi, farzandlari, ne- 
varalarida o ‘rganilmoqchi belgi-xossa qanday taraqqiy etilgani 
to‘g lrisida m aium ot to‘planadi. Tadqiqot koiam i qarindoshlar 
soni, ulami yozib borish, shajara tuzishdan ko‘zlangan maqsadga 
bogiiq boiadi.
Geneologik metod qoilanishining ikkinchi bosqichida shajara 
tuzishga kirishiladi. Shu maqsadni ko‘zlaganda alohida genetik sim- 
vollardan foydalanish talab etiladi (
1-rasm
).
Tuzilgan shajarada erkak kvadrat, ayol doiracha, ular orasidagi 
nikoh esa gorizontal chiziq bilan belgilanadi.
Shajarani tuzish o‘rganiladigan belgiga ega shaxs - probanddan 
boshlanadi.
Tadqiq qilinayotgan har bir avlodi shajaraning bir qatoriga yoziladi.
Avlodlar shajarada yuqoridan pastga tomon rim raqamlar orqali 
belgilanadi.
Har bir avlod vakillari arab raqamlari orqali shajaraning chapdan 
o‘ng tomonga tugilgan yiliga qarab belgilanadi.
Ba’zi bir belgilar, ayniqsa kasalliklar shaxsiy taraqqiyotning turli 
bosqichlarida rivojlanishi e’tiborga olinib, shajarada oila a ’zolarining 
yoshi ko‘rsatiladi.
Geneologik metoddan foydalanishning uchinchi bosqichida shaja­
rani tahlil qilish boshlanadi.
Shajarani genetik jihatdan tahlil qilganda tubandagilar diqqat 
markazida boiadi.
• 
Shajara bo‘yicha o‘rganilayotgan belgi hamma avlodlar va 
oilaning ko‘p a’zolarida uchraydimi?
0 ‘rganilayotgan belgi ikki jinsda ham namoyon boiadimi 
yoki qaysi jinsda u ko‘proq uchraydi?
• 
Avlodlarga belgi ko‘proq otadan o‘tadimi yoki onadanmi?
• 
Shajarada ota-onada boimagan belgini bolalarda uchrashi 
yoki kasal ota-onadan sog‘ bolalaming tug‘ilishi hollari belgilanadi.
11


Shajaradagi ota-onada bo‘lmagan belgining bolalarda 
uchrashi yoki bolalarda bo‘lmagan belgining ota-onada uchragan
holatlari bormi?
Oiladagi, ota-onaning birortasidagi belgining bolalami nech- 
tasida uchrashi ham ko‘rsatiladi.
Belgining irsiylanish tipiga qarab u autosom dominant, autosom 
retsessiv, jins bilan birikkan holda bo‘lishi mumkin.
О


Yüklə 40 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin