komponentlami qo‘shish zarur. Masalan:
bemor ratsioniga uratsil
va sitozin kerakli miqdorda qo‘shilsa, ortokoatsiduriya kasalligining
belgilarini yo‘qotib yuborish mumkin.
Xirurgik davolash
- irsiy kasalliklami davolashda qo‘llaniladigan
eng dastlabki usullardan biridir. Eng avval tug‘ma nuqsonlar va
anomaliyalami korreksiyalash qo‘llanila boshlagan. Bularga lab va
tanglay yoriqlarida, sonning tug‘ma chiqishlarida,
anus atreziyasida
plastika usulini, sindakteliyada barmoqlar orasidagi pardani olib tash-
lash, pilorostenozda bo‘shliqning kengaytirilishini misol qilib kelti-
rish mumkin. Keyinroq esa, yurak, aorta, o‘pka arteriyasi anomali
yalari ham jarrohlik yo‘li bilan davolana boshlandi. Ba’zan ayrim
a ’zolami olib tashlash yo‘li bilan irsiy kasalliklar davolanadi. Ma
salan: irsiy sferatsitoz kasalligida asosiy
klinik belgi - anemiyaning
rivojlanishini jarrohlik yo‘li bilan, ya’ni taloqni olib tashlash orqali
bartaraf qilinadi.
Lekin shu bilan birga, nasldan-naslga o‘tadigan kasalliklaming
hozircha hammasini batamon davolab
yuborish mumkin emasligi
o‘z-o‘zidan ravshan. Shuning uchun uning mutlaqo paydo bo‘lmaslik
tadbirlarini ko‘rish m a’qul.
Xulosa qilib, har bir hamshira irsiy kasalliklaming oldini olish
va ularni davolash haqidagi umumiy m a’lumotlarni puxta bilishi
lozim. Genetik shifokorlaming o ‘ng qo‘li bo‘lmoqlari, bemorlarga
tibbiy-genetik maslahatxonada buyurilgan
muolajalami bekamu
ko‘st bajarishlari kerakligini to ‘g‘ri tushuntira olishlari lozim. Xalq
orasida tibbiy genetik maslahatxona shifokorlari bilan birgalikda
avlodlarda kelgusida paydo b o lish i mumkin bo‘lgan og‘ir nasi
kasalliklarining oldini olish choralari va har bir yangi qurilayotgan
oila hayotining shod va baxtli bo‘lishi uchun kerakli zarur tadbir-
lami qo‘llashlari shart.
176