JK 135-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatning sub’ekti 16 yoshga to‘lgan aqli raso shaxs hisoblanadi.
Agar qilmish: a) o‘g‘rilash, zo‘rlik ishlatish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish yoxud majburlashning boshqa shakllarini qo‘llash orqali;
b) ikki yoki undan ortiq shaxsga nisbatan;
v) ojiz ahvoldaligi aybdorga ayon bo‘lgan shaxsga nisbatan;
g) aybdorga moddiy jihatdan yoki boshqa jihatdan qaram bo‘lgan shaxsga nisbatan;
d) takroran yoki xavfli residivist tomonidan;
ye) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
j) xizmat mavqeidan foydalangan holda;
z) jabrlanuvchini O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasidan olib o‘tish yoki uni chet elda qonunga xilof ravishda ushlab turgan holda;
i) qalbaki hujjatlardan foydalangan holda, xuddi shuningdek, jabrlanuvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni olib qo‘ygan, yashirgan yoxud yo‘q qilib yuborgan holda;
k) kishi a’zolarini kesib olib, boshqa kishiga ko‘chirish (transplantat) maqsadida sodir etilgan bo‘lsa JK 135- moddasi 2-qismi bo‘yicha javobgarlikka tortiladi.
JK 135-moddasi 3-qismida odam savdosi bilan bog‘liq quyidagi qilmishlar uchun jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan: a) o‘n sakkiz yoshga to‘lmaganligi aybdorga ayon bo‘lgan shaxsga nisbatan sodir etilgan bo‘lsa;
b) jabrlanuvchining o‘limiga yoki boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa;
v) o‘ta xavfli residivist tomonidan sodir etilgan bo‘lsa;
g) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa.
Foydalanilgan adabiyotlar: 1.O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. – Toshkent: O‘zbekiston, 1992. 2.Mejdunarodniy pakt o grajdanskix i politicheskix pravax. Mejdunarodnaya zashita prav i svobod cheloveka. Sbornik dokumentov. M.: Yurid.lit., 1990 g. 3.Osnovnie prinsipi nezavisimosti sudebnix organov. Mejdunarodnie prava i svoboda cheloveka: Sbornik dokumentov. M: Yurid.lit., 1990 g. 4.Vseobshaya deklaratsiya prav cheloveka. – Prava cheloveka. Osnovnie mejdunarodnie dokumenti: Sbornik dokumentov. M.: Mejdunarodnie otnosheniya. 1989 g. – S. 134-142. 5. Konvensiya o pravovoy pomoshi i pravovix otnosheniyax po grajdanskim, semeynim i ugolovnim delam. (Xo‘jalik va huquq Xozyaystvo i pravo. – Tashkent. 1997, №1-2. S. 58-76). 6. Ugolovno-protsessualniy kodeks Respubliki Uzbekistan. – T.: Adolat, 1999.