2- laboratoriya mashg‘uloti
1. Muskullarning dinamik va statik ishi
a) skelet muskullarining dinamik ishini kuzatish uchun mashg‘ulot
vaqtida bir-ikki o‘quvchi doska oldida tanasining ayrim qismlari harakatini
ko‘rsatadi: boshini egadi va tiklaydi, qo‘lini ko‘taradi va tushiradi, o‘tiradi
hamda turadi, turgan joyida yuradi, sakraydi va hokazo;
25-rasm. Oyoq izlari
:
1
— normal oyoq izi;
2
– yassioyoq izi.
31
b) muskullarning statik ishini kuzatish uchun 1—2 o‘quvchi
doska oldida yuqorida ko‘rsatilgan ba’zi statik vaziyatlarni: „qaldirg‘och“,
„startoldi“ holatini, shtanga yoki stulni ko‘tarib turishni namoyish
qiladi.
O‘quvchilar bu harakat turlarini kuzatib boradilar, o‘qituvchi mus-
kullarning ish faoliyatini tushuntiradi.
2. Òayanch-harakatlanish sistemasi shikastlanganda
yordam berish
Shikastlanish sabablari.
Odam ko‘cha harakati qoidalariga amal
qilmaganda, bir-biri bilan qo‘pol hazillashganda, sport mashg‘ulotlarini
bajarayotganda e’tiborsizlik va intizomsizlik, mehnat darslarida ehtiyotsizlik
va hokazolar oqibatida tayanch-harakatlanish sistemasining har xil
shikastlanishiga sabab bo‘ladi.
Muskul va paylarning ezilishi, cho‘zilishi.
Shikastlangan muskul va
pay joylashgan sohada oldin ozroq shish paydo bo‘ladi, og‘riq seziladi. Ba’zida
shu joyga qon quyilib, ko‘karib ketadi. Bunda quyidagicha yordam beriladi:
ro‘mol yoki sochiqni sovuq suvda ho‘llab, shikastlangan joyga 5—10 minut
qo‘yiladi, so‘ngra siqib bog‘lanadi va bemorni shifoxonaga yuboriladi.
Izoh:
shikastlangan sohaga issiq buyumlarni bosish, issiq suvga solish,
ishqalash, ezish kabi holatlar mumkin emas.
Tozalik — salomatlikning eng asosiy omili va turli kasalliklardan
qutulishning birinchi vositasidir.
32
Ø
Ø
Ø
Ø
Ø
Dostları ilə paylaş: |