40
Odamning hayoti davomida
orttirilgan,
ya’ni uning o‘z orga-
nizmida hosil qilingan immunitet (antitelo va antitoksinlar), o‘z
navbatida, ikki xil bo‘ladi: tabiiy va sun’iy immunitet.
Òabiiy immunitet
odam biror yuqumli kasallik bilan kasalla-
nib tuzalishi natijasida hosil bo‘ladi.
Sun’iy immunitet
sog‘lom odamni emlash natijasida uning
organizmida hosil qilinadi. Emlash uchun maxsus laboratoriya-
larda kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroblar va viruslarni kuchsizlanti-
rish yo‘li bilan vaksinalar tayyorlanadi. Tabiiy va sun’iy immunitet
organizmning o‘zida ishlab chiqariladi, shuning uchun ular
faol
immunitet
deb ataladi. Bulardan tashqari,
passiv immunitet
ham
bo‘ladi. Emlash yo‘li bilan ba’zi sog‘lom donorlarda ayrim kasal-
liklarni qo‘zg‘atuvchi mikroblar va ularning zaharli moddalariga
qarshi immunitet hosil qilinadi.
Donorlarning qoni, qon zardobi tarkibidagi tayyor holdagi
antitelo va antitoksinlar, shuningdek, gammoglobulin boshqa odam
organizmiga yuborilsa, uning uchun bu passiv immunitet bo‘lib
hisoblanadi.
Mashhur rus olimi I. I. Mechnikov Rossiyada birinchi bo‘lib
quturish, kuydirgi va boshqa kasalliklarning oldini olish uchun
vaksina va qon zardoblarini tayyorlab qo‘llagan.
Dostları ilə paylaş: