Odam va uning salomatligi 8 B. Aminov, T. Tilavov, O. Mavlonov


Fanda immunitet haqidagi tushunchani kimlar asoslagan? 5



Yüklə 3,48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/135
tarix07.01.2024
ölçüsü3,48 Kb.
#205239
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   135
Odam va uning salomatligi. 8-sinf (2014, B.Aminov, T.Tilavov)

4.
Fanda immunitet haqidagi tushunchani kimlar asoslagan?
5.
OIÒS haqida nimalarni bilasiz?
3- laboratoriya mashg‘uloti
Odam qonining shaklli elementlarini o‘rganish
Z a r u r a s b o b v a j i h o z l a r :
mikroskop, odam qonidan
tayyorlangan mikropreparatlar.
I s h n i b a j a r i s h t a r t i b i
1.
O‘qituvchi qonning shaklli elementlari ifodalangan rasmlardan
foydalanib qisqacha tushuncha beradi.
2.
Mikroskop ish holatiga keltiriladi.
3.
Odam qonidan tayyorlangan mikropreparat mikroskop ostiga
joylashtiriladi.
4.
O‘quvchilar mikroskop ostidagi mikropreparatni ko‘rib, undagi
qonning shaklli elementlari, ya’ni eritrotsitlar, leykotsitlar va trombotsit-
larni aniqlaydilar.
5.
Mikroskopda ko‘rgan qonning shaklli elementlari rasmini daftarga
chizib oladilar. Ularni jadvaldagi eritrotsit, leykotsit va trombotsitlar shakli
hamda tuzilishi bilan taqqoslaydilar.
Sog‘ yuray desang ozoda bo‘l.
Sog‘lom tanda — sog‘ aql.
O‘zbek xalq maqollari


42
Ø
Ø
Ø
Ø
Ø
IV b o b

QON AYLANISH SISTEMASI
15-§. Qon aylanish sistemasi haqida umumiy
tushuncha
Yurakning tuzilishi va ishlashi
Qon aylanish sistemasi organlariga yurak, arteriya, kapillarlar,
vena va limfa tomirlari kiradi. Yurak va tomirlar odam organizmida
qonning to‘xtovsiz harakatlanishini ta’minlaydi.
Yurakning tuzilishi.
Yurak qon aylanish sistemasining markaziy
organi bo‘lib, vazni erkaklarda 220—300 g gacha, ayollarda esa
180—220 g gacha bo‘ladi.
Yurak ko‘krak qafasida to‘sh suyagining orqasida, ikkala o‘pka-
ning o‘rtasida joylashgan. Uning ko‘proq qismi ko‘krak bo‘shlig‘ining
chap tomonida turadi (29- rasm).
Yurak devori uch qavatdan: ichki epiteliy qavat — 
endokard,
o‘rta — 
muskul,
ya’ni 
miokard
va tashqi — 
perikarddan 
iborat.
Perikard ikki qavat bo‘lib, ichki qavati yurak muskuliga yopishib
turadi, u 
epikard
deb ataladi. Òashqi qavati xalta sifatida yurakni o‘rab
turadi. Ikkala qavat o‘rtasidagi bo‘shliqdagi suyuqlik yurakning
qisqarish va kengayish harakatlariga ishqalanishni kamaytiradi.
Yurak to‘rt kamera: 
o‘ng
va 
chap bo‘lmalar, o‘ng 
va 
chap
qorincha
dan tashkil topgan. Bo‘lmachalarning devori yupqaroq,
qorinchalar, ayniqsa, chap qorinchaning devori qalin, uning
muskullari kuchli rivojlangan. Chap qorincha yuqori bosim ostida
qon tomiriga qon haydab, katta qon aylanish doirasi orqali tananing
hamma organ va to‘qimalarini qon bilan ta’minlaydi. Yurakda to‘rtta
klapan 
(qopqoq) bo‘lib, chap bo‘lma bilan chap qorincha o‘rtasida
ikki tavaqali,
o‘ng bo‘lma bilan o‘ng qorincha o‘rtasida 
uch
tavaqali,
chap qorincha bilan aorta qon tomiri o‘rtasida hamda
o‘ng qorincha bilan o‘pka arteriyasi o‘rtasida bittadan 
yarimoysimon
klapanlar
joylashgan. Yurak klapanlari shunday tuzilganki, ular
qonni faqat bir tomonga, ya’ni bo‘lmalardan qorinchalarga,
qorinchalardan esa aorta va o‘pka arteriyasi tomonga oqishini
ta’minlaydi.


43

Yüklə 3,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin