Odam va uning salomatligi 8 B. Aminov, T. Tilavov, O. Mavlonov


OIÒS (orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi)



Yüklə 3,48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/135
tarix07.01.2024
ölçüsü3,48 Kb.
#205239
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   135
Odam va uning salomatligi. 8-sinf (2014, B.Aminov, T.Tilavov)

OIÒS (orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi)
hozirgi vaqtda
jahon jamoatchiligini tashvishga solayotgan eng xavfli xastalikdir.
OIÒS birinchi marta 1981-yilda AQSHda ro‘yxatga olingan.
Kasallikni qo‘zg‘atuvchisi odamda immunitet tanqisligi virusi
deyilib, uni 1983-yilda fransiyalik olim L. Montane aniqlagan.
Odamda immunitet tanqisligi virusi sog‘ odamga OIÒS bilan
xastalangan bemordan hamda tanasida shu virusni tashib yuruvchi,
ya’ni hozircha o‘zida kasallik belgilari yuzaga kelib ulgurmagan
odamdan yuqadi. Yuqish yo‘llari: jinsiy aloqa, o‘pishish, tishlash,
sterillanmagan shpris, igna, stomatologiya, ginekologiya, jarrohlik
asboblari, kasal yoki virus tashib yuruvchi odamning qoni va qon
zardobini qo‘llashdan iborat.
OIÒS ning belgilari.
Jag‘osti, bo‘yin, qo‘ltiqosti, chov soha-
sidagi, nafas yo‘llari (bronxlar) va ichaklar atrofidagi limfa tugun-
lari kattalashadi. Òerida yiringli yaralar paydo bo‘ladi, vaqt-vaqti
bilan tana harorati ko‘tariladi.
OIÒS virusi bosh miyaning oq moddasini zararlashi tufayli
bemor qo‘l-oyoqlaridagi nerv tolalari bo‘ylab og‘riq seziladi. Ba’zi


41
bemorlarda qo‘l-oyoq falaji, xotiraning va aqliy mehnat qobiliya-
tining pasayish hollari kuzatiladi.
Hozirgi kunda OIÒS ni davolash, unga qarshi emlash usullari
ishlab chiqilmagan. Shu bois bu xavfli kasallikdan saqlanishning
asosiy chorasi sog‘lom turmush tarziga rioya qilish, ya’ni yuqorida
aytib o‘tilgan virus yuqishi yo‘llarini bilish va uni yuqtirmaslik
chorasini ko‘rish zarur.
Bu kasallik asr vabosi nomini olgan, shu sababli 1-dekabr —
Umumjahon OITS ga qarshi kurash kuni, deb e’lon qilingan.
1.
Yuqumli kasalliklar haqida nimalarni bilasiz?
2.
Immunitet nima?
3.
Òabiiy va sun’iy immunitet qanday hosil bo‘ladi?

Yüklə 3,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin