45
Kapillarlar
devori bir qavat hujayralardan iborat. Kapillarlar
odam sochiga nisbatan 50 marta ingichka bo‘lib, barcha to‘qimalar
orqali o‘tadi. Organlardan chiqadigan kapillarlar asta-sekin birlashib
venalarni hosil qiladi.
Venalar —
qonni yurak bo‘lmalariga olib keladigan qon tomirlari.
Venalar devori ham arteriyalarga o‘xshash uch qavatdan iborat,
lekin yupqa bo‘ladi. Yirik venalarda joylashgan klapanlar qonni
faqat yurak tomonga oqishiga imkon beradi.
Odam tanasida qon juda ko‘p yirik va mayda qon tomirlar
bo‘ylab harakatlanadi. Yurakdan boshlanuvchi qon tomirlari, ularda
qanday qon bo‘lishidan qat’i nazar,
arteriya qon tomiri
, yurakka
quyiluvchi qon tomirlari esa
vena qon tomiri
deyiladi. Bu qon
tomirlar ikkita yopiq, ya’ni katta va kichik qon aylanish doirasini
hosil qiladi. Bu qon aylanish doiralarining ikkalasi ham yurakdan
boshlanadi va yurakda tugaydi.
Dostları ilə paylaş: