118
hujayralari dam oladi, o‘ziga energiya to‘playdi.
Dam olgan nerv
markazining ishi yaxshilanadi. Shuning uchun aqliy mehnat
jismoniy mehnat bilan almashtirib turilsa,
odam uzoq vaqt
charchamaydi, ishi unumli bo‘ladi. Chunki aqliy mehnat vaqtida
qo‘zg‘algan markazlar jismoniy mehnat vaqtida dam oladi. Uyqu
vaqtida bosh miya po‘stlog‘idagi nerv markazlarining aksariyat
ko‘pchiligi tormozlangan holatga o‘tib, dam oladi.
Shuning uchun
yaxshi uxlab turgandan so‘ng odamning ish qobiliyati ortadi.
Demak, tormozlanish odam organizmida o‘ziga xos himo-
yalanish ahamiyatiga ega bo‘lib, u miyaning nerv hujayralari
zo‘riqib, odamda nevroz kasalligi yuzaga kelishining oldini oladi.
Shartli reflekslarning tormozlanishi.
Shartli
reflekslarning
tormozlanishi ikki xil bo‘ladi: shartsiz tormozlanish, shartli tor-
mozlanish.
Dostları ilə paylaş: