Odam va uning salomatligi 8 B. Aminov, T. Tilavov, O. Mavlonov



Yüklə 3,48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə100/135
tarix07.01.2024
ölçüsü3,48 Kb.
#205239
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   135
Odam va uning salomatligi. 8-sinf (2014, B.Aminov, T.Tilavov)

Refleks turlari.
Reflekslar yuzaga kelish sababiga, ahamiyatiga,
natijasiga va boshqa xususiyatlariga ko‘ra quyidagi turlarda bo‘ladi:
1. 
Biologik ahamiyatiga ko‘ra
:
— ovqatlanish reflekslari — organizmni ovqat bilan ta’min-
lashga qaratilgan;
— himoyalanish reflekslari — organizmni tashqi muhitning
noqulay ta’sirlaridan himoya qilishga qaratilgan;
— mo‘ljal olish refleksi — notanish joylarga borib qolganda
odam o‘zi turgan joyni, yo‘lni aniqlashga qaratilgan;
— jinsiy reflekslar — nasl qoldirishga qaratilgan.
2. Reflekslar natijasiga ko‘ra,
musbat
va 
manfiy
bo‘ladi:
— musbat reflekslar ma’lum bir ishni bajarishga qaratiladi.
Masalan, yurish, yugurish, ovqatlanish, o‘qish, yozish, gapirish
va hokazo. Svetoforning yashil chirog‘ida odam harakat qilib
ko‘chani kesib o‘tadi. O‘qituvchi o‘tgan darsni so‘raganda
o‘quvchi o‘rnidan turib javob beradi;
— manfiy reflekslar odam harakatini, bajarayotgan ishini
ma’lum vaqt to‘xtatishga (tormozlashga) qaratilgan. Masalan,
svetoforning qizil chirog‘i yonganda odam harakatdan to‘xtab,
to yashil chirog‘i yonguncha kutib turishi bunga misol bo‘ladi.
3. Foydali va zararli shartli reflekslar:
— foydali shartli reflekslar odamning o‘zi uchun, jamiyat
uchun foydali ishlarni bajarishga qaratilgan. Bularga yuqorida
aytilgan musbat va manfiy shartli reflekslar misol bo‘ladi;
— zararli shartli reflekslar noto‘g‘ri tarbiya natijasida paydo
bo‘ladi.


117
4. Birinchi va ikkinchi signal sistemasining shartli reflekslari.
Birinchi signal sistemasiga ko‘rish, eshitish, hid va ta’m bilish,
og‘riq sezish kabilar kiradi. Tashqi va ichki ta’sirlar ana shu
sezgi organlariga ta’sir etishi natijasida paydo bo‘lgan shartli
reflekslar birinchi signal sistemasining
 shartli reflekslari
, deb
ataladi. Masalan, svetoforning yashil va qizil chirog‘ining yonib-
o‘chishi, darsga kirish va chiqish qo‘ng‘irog‘ining tovushi,
ovqatning ta’mi va hidi kabilarga shartli reflekslarning hosil
bo‘lishi.
Ikkinchi signal sistemasi, hayvonlardan farqli o‘laroq,
odamda og‘zaki va yozma nutqning mavjudligidir. Og‘zaki va
yozma nutqning ma’nosiga qarab odamda har xil shartli reflekslar
hosil bo‘ladi. Og‘zaki nutq bosh miya po‘stloq qavatining
chakka sohasidagi eshitish markaziga, yozma nutq esa bosh
miya po‘stloq qavatining ensa sohasidagi ko‘rish markaziga
ta’sir qiladi.

Yüklə 3,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin