144
Shuni ta’kidlash lozimki, ichki organlarda sodir bo‘lgan
og‘riq, shu organlarning miyadagi
markazlariga berilishi bilan
birga, tananing mazkur organi joylashgan teri sohasiga ham
tarqaladi. Masalan, yurak sanchib og‘riganida ko‘krak
qafasining chap tomonida va chap qo‘1 sohasida og‘riq
seziladi. Bundan tashqari, tananing qaysi qismida og‘riq paydo
bo‘lsa, mazkur to‘qimalardagi retseptorlarning qo‘zg‘alishi
miyadagi og‘riqni
sezuvchi markazdan tashqari, boshqa
to‘qima va a’zolarning markazlariga ham tarqaladi. Shuning
uchun ham tananing qaysi bir qismida og‘riq paydo bo‘lsa,
juda ko‘p boshqa refleks
reaksiyalari yuzaga keladi, ya’ni
muskullarning tarangligi ortadi, yurak urishi va nafas olish
tezlashadi, qon bosimi ko‘tariladi,
odam terlaydi, ko‘z qora-
chig‘i torayadi va boshqa noxush belgilar paydo bo‘ladi.
Bunday holat simpatik nerv sistemasining qo‘zg‘alishi, buy-
rakusti bezidan adrenalin gormoni ajralishining ko‘payishi
tufayli sodir bo‘ladi. Bu o‘zgarishlar odam organizmi o‘zini
himoya qilish, og‘riqqa bardosh berish uchun ichki rezerv
kuchlarini safarbar qilganligini ko‘rsatadi.
Teridagi haroratni sezuvchi retseptorlarning soni 300 ming
atrofida bo‘lib, ulardan 30 mingtasi sovuqni,
qolganlari issiqni
sezadi.
Òeri retseptorlarining muhim xossalaridan biri tashqi mu-
hit ta’sirlariga moslashishdir. Masalan, qo‘l issiqroq suvga
Dostları ilə paylaş: