145
botirilganda oldiniga
issiqlik kuchli sezilib, so‘ngra u bilinmay
qoladi. Bunga harorat sezuvchi retseptorning
moslashuvi
yoki
adaptatsiya
deb ataladi. Retseptorlarning bu xossasi odam turli
haroratda chiniqishiga imkon beradi.
Qichishish.
Ayrim hollarda teri qichiydi.
Mutaxassislarning
fikricha, qichishishni va og‘riqni sezuvchi retseptorlar bir xil
bo‘ladi. Chunki og‘riqni kamaytiruvchi kimyoviy dorilar
og‘riqni ham, qichishishni ham kamaytiradi yoki yo‘qotadi.
1.
Muskul va paylardagi sezuvchanlik odam hayotida qanday
ahamiyatga ega?
2.
Teri orqali qanday ta’sirlar seziladi?
3.
Teri orqali sezish qanday sodir bo‘ladi?
4.
Teri retseptorlari odam organizmini
tashqi muhitga moslash-
tirishda qanday ahamiyatga ega?
51- §. Hid va ta’m bilish organlari
Ø
Analizatorlar va ularning turlari
Hid bilish retseptorlari burun bo‘shlig‘i shilliq pardasida
joylashgan. Ularning soni o‘rtacha 30—40 mln atrofida. Bu
hujayralarda ko‘plab mayda tukchalar bo‘lib,
ularning uzunligi
1—2 mikronga teng. Burun bo‘shlig‘ining hid biluvchi sathi 5 sm
2
bo‘lib, sezuvchi hujayra tukchalarining ko‘p bo‘lishi hisobiga hid
bilish sathi 100—150 marta ortadi. Hid bilish retseptorlari tashqi
muhit havosi tarkibidagi
va
ovqatdagi
kimyoviy moddalar ta’sirida
qo‘zg‘aladi. Ularning qo‘zg‘alishi hid bilish nervi tolasi orqali bosh
miya yarimsharlari po‘stlog‘ining ichki yuzasidagi hid bilish
markaziga boradi (78-rasm). Bu markazdagi nerv hujayralarida
ta’sir
analiz va sintez qilinib, hidning tabiati aniqlanadi.
Hid bilishning odam uchun ahamiyati katta. Bu xususiyat
yordamida biz atrof-muhit havosining toza va iflosligini, iste’mol
qilinadigan taomlar va ichimliklarni hidiga qarab ularning sifatini,
iste’mol qilish mumkin yoki mumkin emasligini aniqlaymiz.
Hayvonlarda hid bilish sezgisi odamlardagiga
nisbatan yaxshiroq
rivojlangan.
Shu
xususiyatiga ko‘ra ular ovqat izlab topadi, dushman
yaqinlashayotganini sezadi.
146
Odam hid bilish
analizatori
yordamida
taomlarning yoqimli
hidini aniqlaydi, uning ishtahasi ochiladi. Hid bilish analizatori
ham moslashish, ya’ni adaptatsiya xususiyatiga ega.
Biror hid uzoq
Dostları ilə paylaş: