149
52- §. Ko‘payishning ahamiyati.
Ko‘payish organlarining tuzilishi
Ko‘payish organizmlarning avlod qoldirish xususiyatidir.
Organizmlar jinssiz va jinsiy ko‘payadi. Jinsiy ko‘payishda ota-ona
organizmi qatnashadi. Ayol organizmida tuxumhujayra (ovotsit),
erkak organizmida urug‘hujayra (spermatozoid) hosil bo‘ladi.
Ushbu jinsiy hujayralarning yadrosida xromosomalarning toq
(gaploid) to‘plami mavjud. Ikki xil jinsiy hujayralarning qo‘shilishi
natijasida bitta yangi organizm hosil bo‘ladi. Ikkita organizmning
irsiy moddasi (genomi) qo‘shilganligi uchun hosil bo‘lgan avlodlar
bir-biridan va ota-onalaridan irsiy jihatdan farq qiladi. Jinsiy
ko‘payish irsiy xilma-xillikka olib keladi.
Erkaklarning jinsiy organlari.
Erkaklarning jinsiy organlariga
yorg‘oqda joylashgan
moyak
va uning
ortig‘i, urug‘ yo‘li, urug‘
pufakchasi, prostata bezi
kiradi. Moyaklar bir juft bo‘lib, ular
erkaklik jinsiy bezi hisoblanadi. Unda erkak jinsiy hujayralari —
spermatozoidlar
— urug‘ huhayralari va jinsiy gormonlar
testosteron
(androsteron)
ishlab chiqariladi.
Ayollarning jinsiy organlari.
Ayollarning jinsiy organlariga
tuxumdon, tuxum yo‘li (bachadon nayi), bachadon
va
qin
kiradi
(80- rasm).
Tuxumdon
bir juft bo‘lib, ayol jinsiy bezi hisoblanadi.
Unda ayol jinsiy hujayralari (tuxum hujayralar) va jinsiy
gormon (
estrogen
) lari
ishlab chiqariladi.
Tuxumdonning po‘stloq qismida ko‘plab yosh jinsiy hujay-
ralar bo‘lib, ularning yetilgani tuxumdon to‘qimasini yorib,
undan bachadon nayiga o‘tadi. U mabodo erkak jinsiy hujayrasi
bilan qo‘shilsa (urug‘lansa), yangi organizm paydo bo‘ladi.
Urug‘lanmagan tuxum hujayra esa bañhadonga o‘tib yoriladi va
qin orqali tashqariga chiqib ketadi. Bu vaqtda ayolda hayz ko‘rish
yuzaga keladi. Shundan so‘ng tuxumdonda navbatdagi tuxum-
hujayra yetiladi.
Dostları ilə paylaş: