Odam va uning salomatligi 8 B. Aminov, T. Tilavov, O. Mavlonov



Yüklə 3,48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə128/135
tarix07.01.2024
ölçüsü3,48 Kb.
#205239
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   135
Odam va uning salomatligi. 8-sinf (2014, B.Aminov, T.Tilavov)

XIV b o b .
 
KO‘PAYISH VA
RIVOJLANISH
10 — B. Aminov, T. Tilavov, O. Mavlonov


150
80- rasm. Ayolning jinsiy organlari:
1
— tuxumdon; 
2
— tuxum yo‘li; 
3
— bachadon; 
4
— qin; 
5
— jinsiy
lablar; 
6
— qovuq (siydik pufagi); 
7
— tashqi siydik yo‘li; 
8
— qov
suyagi; 
9
— to‘g‘ri ichak.
1.
Ko‘payish qanday ahamiyatga ega?
2.
Erkaklarning jinsiy organlari tuzilishini ayting.
3.
Ayollar jinsiy organlari tuzilishini tushuntiring.
4.
Hayz ko‘rish nima?
53- §. Urug‘lanish va homilaning rivojlanishi
Odamning hayoti ona organizmida ikkita jinsiy hujayraning,
ya’ni tuxum hujayra bilan spermatozoidning qo‘shilishidan bosh-
lanadi. Bu ikki hujayraning qo‘shilishidan bitta yangi hujayra,
ya’ni yangi organizm paydo bo‘ladi.
Ayol va erkak jinsiy hujayralarining har birida 23 tadan xro-
mosoma bo‘lib, ularning 22 tasi ota va ona organizmining irsiy
belgilarini bolaga o‘tkazadi.
Bunyod bo‘lgan bolaning jinsi ayol va erkak jinsiy hujayralarining
23- xromosomasiga bog‘liq. Ayol jinsiy hujayrasidagi 23- xromosoma
iks (X) bo‘lib, erkak jinsiy hujayrasidagi 23- xromosoma iks yoki
igrek (X yoki Y) bo‘ladi. Iks xromosomali erkak jinsiy hujayra
(spermatozoid) ayol jinsiy hujayrasi (tuxumi) bilan qo‘shilsa,
homila qiz bo‘ladi. Y xromosoma erkak jinsiy hujayra (spermatozoid)
ayol jinsiy hujayrasi (tuxumi) bilan qo‘shilsa, homila o‘g‘il bo‘ladi.


151
Shunday qilib, hosil bo‘lgan bolaning jinsi otaning jinsiy
hujayrasiga bog‘liq, ammo bu uning ixtiyoriga yoki xohishiga bog‘liq
emas.
Ayol va erkak jinsiy hujayralari tuxum yo‘lida qo‘shilishidan
bitta hujayra, ya’ni yangi organizm hosil bo‘ladi, unda 46 ta
xromosoma bo‘ladi. Bu hujayra paydo bo‘lgandan boshlab bir hafta
davomida tuxum yo‘lida bo‘linib ko‘paya boshlaydi va asta-sekin
tuxum yo‘lidan siljib bañhadon bo‘shlig‘iga o‘tadi, uning devoriga
birikib, rivojlanadi.
Bachadon bo‘shlig‘iga o‘tgan homilaning tashqi qismidan qon
tomirlariga boy bo‘lgan maxsus hujayralar birikmasi (yo‘ldosh)
hosil bo‘lib, u orqali homila bachadon devoriga birikadi (81- rasm).
Mazkur hujayralardan
 kindik
shakllanib, undagi arteriya va vena
qon tomirlari orqali bola ona organizmining qon tomirlari bilan
tutashadi. Yo‘ldosh homilani oziqlantirish bilan birga, uni ona
organizmidagi zararli kimyoviy moddalar, mikroblar ta’siridan
ma’lum darajada himoya qilib turadi. Yo‘ldoshning shikastlanishi,
uning bachadon devoridan ajralishi homilani xavf ostida qoldirishi
mumkin.
Homila usti yupqa (amnion) parda bilan qoplanib, uning
bo‘shlig‘i amnion suyuqligi bilan to‘la bo‘ladi. Bu suyuqlik homila

Yüklə 3,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin