152
organizmida
moddalar almashinuvi
jarayoni normal o‘tishida, uning
erkin harakatlanishida va tashqi
noqulay ta’sirlardan
himoyalanishi-
da muhim rol o‘ynaydi (82- rasm).
Shunday qilib, ota va onaning
jinsiy hujayralari qo‘shilishidan
bunyod bo‘lgan
yangi organizm
(homila) bir hafta davomida tuxum
yo‘lida,
ikkinchi haftadan boshlab
bachadonda 9 oy rivojlanadi.
Homila vujudga kelganining
uchinchi
haftasida uning hujay-
ralari uch qavatga ajraladi. Tashqi
qavat —
ektoderma, ichki qavat —
endoderma va o‘rta qavat — mezo-
derma. Bu qavatlarning har biridan
homilaning har xil to‘qima va
organlari shakllanadi.
Homila rivojlanishining 23-kunidan
boshlab uning yuragi va
katta qon aylanish doirasi ishlay boshlaydi. Ammo uning o‘pkasi
va kichik qon aylanish doirasi embrional rivojlanish davrida
ishlamaydi, u kindik qon tomirlari orqali
ona organizmi hisobidan
kislorod bilan ta’minlanadi. Bola tug‘ilgan zahoti kindigi kesilib, u
ona organizmidan ajratiladi va shu vaqtdan boshlab uning o‘pkasi
va kichik qon aylanish doirasi ishga tushadi.
1.
Urug‘lanish jarayoni qanday sodir bo‘ladi?
2.
Homila qanday rivojlanadi?
3.
Amnion suyuqligi qanday ahamiyatga ega?
4.
Embrion qavatlarini ayting.
54- §. Bolaning o‘sishi va rivojlanishi
Odam tug‘ilganidan to 18 yoshga kirguncha bolalik va o‘smirlik
davri hisoblanadi. Buning o‘zi bir necha davrga: chaqaloqlik davri
(tug‘ilganidan — 1 oylikkacha); emadigan davri (ikki oylikdan —
1 yoshgacha); maktabgacha tarbiya yoshi (2—6 yosh);
kichik maktab
Dostları ilə paylaş: