83- rasm. Emadigan bola kalla suyagining tutashish joyidagi
bo‘shliqlar va liqildoqlar.
84- rasm. Emadigan bolaning umurtqa pog‘onasida anatomik
egriliklar hosil bo‘lishi.
155
Maktabgacha tarbiya yoshi davri.
Bola 2 yoshligida jismoniy
va ruhiy jihatdan tez rivojlanadi, tanasining og‘irligi har oyda
200—250 g dan ortib boradi, bo‘yi 1 sm dan o‘sadi. Uch
yoshli bola tanasining massasi 1 yilda 2—2,8 kg, bo‘yi 7—8 sm
ga ortadi. Bu yoshdagi bolalarning nutqi tez rivojlanadi va 3-
yosh oxirida so‘z boyligi 1000—1200 taga yetadi. 2—3 yoshdagi
bolalarning xarakterli xususiyati shundaki, ular juda harakat-
chan, tinib-tinchimas bo‘ladi. Shuning uchun bu yoshdagi
bolalarda shikastlanish, har xil kimyoviy moddalar, kattalar
iste’mol qiladigan dorilar bilan zaharlanish hollari tez-tez
uchrab turadi. Shu tufayli bu yoshda ularni bir daqiqa ham
qarovsiz qoldirmaslik kerak.
4—5 yoshli bolalarning og‘irligi har yili 1,5—2 kg ga
ortadi, bo‘yining o‘sishi 4—6 sm ni tashkil etadi; 6—7 yoshda
bo‘yining o‘sishi tezlashib, bir yilda 8—10 sm ga yetadi,
massasi 2,5 kg ga ortadi.
Maktab yoshi davri.
Ma’lumki, har bir odam umrining
o‘n ikki yilini maktab, akademik litsey, kollejda o‘tkazadi. Bu
davrda bola va o‘smir organizmi uzluksiz o‘sadi va rivojlanadi.
Shu bilan birga, u tashqi muhitning turli ta’sirlariga juda
beriluvchan bo‘ladi. Boshqacha qilib aytganda, yoshlarning
yashash, o‘qish va tarbiyalanish sharoiti ularning normal
o‘sishi va rivojlanishiga, sog‘lig‘iga salmoqli ta’sir ko‘rsatadi.
Binobarin, bu sharoitning qulay yoki noqulay tashkil qili-
nishiga ko‘ra, bolalar va o‘smirlarning o‘sishi va rivojlanishi
normal yoki nonormal bo‘lishi mumkin.
O‘quvchilar jismonan va aqlan barkamol bo‘lib yetishishi
uchun maktabda va oilada gigiyena talablariga rioya qilishlari
zarur. Jumladan, aqliy va jismoniy mehnatni hamda dam
olishni bir-biri bilan almashtirib turish, ovqatlanish tartibi,
o‘quv xonalarida va uyda dars tayyorlaydigan joyda yorug‘lik
yetarli bo‘lishi, stol-stullar bo‘yiga mos bo‘lishi, o‘quv va
yozuv, mehnat darsi hamda boshqa ishlarni bajarganda gavdani
tog‘ri tutish kabilarga amal qilish muhim ahamiyatga ega.
Akseleratsiya.
So‘nggi yillarda odam organizmi jismoniy va
fiziologik rivojlanishining tezlashuvi kuzatilmoqda. Masalan,
bo‘yning o‘rtacha uzunligi so‘nggi 100 yil davomida
chaqaloqlarda 5 sm, o‘smirlarda 10—15 sm, o‘rta yoshdagi
erkaklarda 6—8 sm ga ortgan; bolalarning psixik rivojlanishi va
156
balog‘at yoshiga yetishi ham tezlashgan. Akseleratsiya deb
ataladigan bu jarayon odamlar oilaviy sharoitining yaxshi-
lanishi, yaxshi ovqatlanish, yorug‘ kunning uzayishi bilan
bog‘liq.
Dostları ilə paylaş: |