81
g‘ullanuvchilar kam energiya sarflaydi.
Jismoniy mehnat bilan
shug‘ullanuvchilar, sportchilar ko‘p energiya sarflaydi.
Sog‘lom, katta yoshli odamda bir kecha-kunduzlik ovqatdan
hosil bo‘ladigan energiya miqdori sarflanadigan energiya miqdoriga
teng bo‘lishi kerak. Organizmda hosil bo‘ladigan energiya miqdori
sarflanadigan energiya miqdoriga nisbatan ko‘p bo‘lsa, odam
semiradi. Aksincha, iste’mol qilingan ovqatdan hosil bo‘ladigan
energiya sarflanadigan energiyaga nisbatan kam bo‘lsa, odam
tanasidagi yog‘
parchalanib, energiya hosil qiladi. Bunday jarayon
bir necha kun, hafta davom etsa, odam ozadi.
Shuni ta’kidlash lozimki, yoshlarda iste’mol qilingan ovqatdan
hosil bo‘ladigan energiya miqdori sarflanadigan
energiyaga nisbatan
ko‘proq bo‘lishi lozim. Chunki, ma’lum miqdordagi energiya yosh
organizmning o‘sishi va rivojlanishi uchun sarflanadi.
Odam organizmida sarflangan energiya miqdorini aniqlashning
bir necha usullari mavjud. Shulardan, asosan, ikkitasi, ya’ni
vositasiz va vositali kalorimetriya usullari ko‘proq qo‘llaniladi.
Dostları ilə paylaş: