79
Organizmda bu vitamin
yetishmaganda teri quruqlashib, yori-
ladi, nafas yo‘llari va oshqozon-ichak ichki qavatining yallig‘la-
nish kasalliklari yuzaga keladi. Ko‘rish o‘tkirligi pasayadi, ayniq-
sa, odam qorong‘ida yaxshi ko‘ra olmaydi. Bolalar va o‘smirlar orga-
nizmining o‘sishi va rivojlanishi susayadi. A vitamini baliq yog‘ida,
sariyog‘da, tuxum sarig‘ida, jigarda, sabzi, qizil qalampir, o‘rik
tarkibida ko‘p bo‘ladi.
B guruh vitaminlarga B
1
(tiamin), B
2
(riboflavin), B
6
, B
12
,
B
15
va boshqalar kiradi.
B
1
vitamini (tiamin)
markaziy nerv sistemasida qo‘zg‘alish va
tormozlanish jarayonlari normal o‘tishida, odamning aqliy faoliyati
yaxshi bo‘lishida muhim o‘rin tutadi. Agar
u kundalik ovqat tarkibida
yetarli miqdorda bo‘lmasa, odamda
giðovitaminoz
B
1
kasalligi yuzaga
keladi. Buning belgilari oyoq-qo‘l muskullarining uvushib og‘rishi,
holsizlik,
tez charchash, odamning aqliy faoliyati pasayishi, ya’ni
o‘zlashtirish, esda saqlash, e’tiborni
muhim masalaga jalb etish
kabi qobiliyatlarning pasayishidir. U arzimagan narsaga jahli
chiqadigan bo‘lib qoladi. Bu vitamin uzoq muddat davomida
yetishmasa,
avitaminoz
B
1
, ya’ni
beri-beri
, degan kasallik yuzaga
keladi. Bunda nerv sistemasidagi o‘zgarish oqibatida nerv tolalari
falajlanadi, terida sezuvchanlik oldiniga kuchayadi, so‘ngra
yo‘qoladi, qo‘l-oyoq muskullarining harakati kuchsizlanadi. Odam
oyog‘ini yaxshi ko‘tara olmaydi
va u qadamini kalta-kalta, xuddi
oyog‘iga kishan solingan odamga o‘xshab bosadi. Bu vitamin guruch
po‘stlog‘ida, bug‘doy non, loviya, no‘xat, tuxum sarig‘i, yong‘oq,
mol jigari tarkibida bo‘ladi.
C
vitamini (askorbin kislota)
moddalar almashinuvida,
ayniqsa, oqsillar va uglevodlar almashinuvida muhim o‘rin tutadi.
Uning yetishmasligi tufayli
singa
kasalligi yuzaga keladi. Bu kasallik
odamda umumiy holsizlik, tez charchash, milklarning shishib,
bo‘shashib qolishi, tishlarning qimirlab tushib ketishi, tish cho‘tka
bilan tozalanganda milk qonashi kuzatiladi. Bu vitamin ho‘l
mevalarda, ko‘katlarda, sabzavotlarda, ayniqsa, limon, apelsin,
mandarin, karam, pomidor, piyoz tarkibida ko‘p bo‘ladi.
D
vitamini
organizmda kalsiy va fosfor almashinuvi normal
o‘tishida ishtirok etadi. U ayniqsa, ikki-uch yoshgacha bo‘lgan
bolalar
suyagining to‘g‘ri shakllanishi, o‘sishi va rivojlanishida katta ahamiyatga
ega. Bu vitamin yetishmasligi natijasida yosh bolalarda raxit kasalligi
yuzaga keladi. D vitamini baliq yog‘ida, tuxum sarig‘ida, sut va sut
80
mahsulotlarida ko‘p bo‘ladi. U quyoshning ultrabinafsha nurlari
ta’sirida odam terisida ham hosil bo‘ladi.
Bolalarni ochiq havoda
chiniqtirish raxit kasalligining oldini olishda muhim ahamiyatga ega.
Dostları ilə paylaş: